Jahon kubogida Sharof Rashidov tumani sportchilari zafar quchdi
Tailandning Bangkok shahrida 7–12 aprel kunlari o‘tkazilayotgan kikboksing bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasida Sharof Rashidov tumani sport maktabi tarbiyalanuvchilari munosib ishtirok etib, yuksak natijalarni qo‘lga kiritishdi. Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan kuchli sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Tuman sportchilari xalqaro maydonda o‘z mahorati, matonati va yuqori tayyorgarligi bilan munosib ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar. Ular tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar nafaqat tuman, balki butun Jizzax viloyati sport jamoatchiligi uchun katta g‘urur manbai bo‘ldi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
Tojiboyev Ibrohim — 1-o‘rin, oltin medal;
Bo‘riboyev Shohnur — 1-o‘rin, oltin medal;
Mavlonov Shohjahon — 2-o‘rin, kumush medal;
Normurodov Hoji-Akbar — 3-o‘rin, bronza medal.
Shuningdek, iqtidorli sportchi Raimqulov Sultonmurod musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘llanma olib, navbatdagi bellashuvlarga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bu yutuqlar, avvalo, tumanda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda murabbiylarning samarali mehnati natijasidir. Sportchilarimizning xalqaro arenalarda qo‘lga kiritayotgan bunday zafarlari yosh avlod uchun haqiqiy ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ayni paytda, mazkur Jahon kubogi musobaqasi Tailandda rasman o‘tkazilayotgani va xalqaro sport taqvimiga kiritilgani ham tasdiqlangan.
Sharof Rashidov tumani ahli g‘olib va sovrindor sportchilarni samimiy muborakbod etar ekan, ularga keyingi bosqichlarda ham ulkan zafarlar, mustahkam iroda va yangi g‘alabalar tilaydi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram