Videoreportaj: Zafarobodda chigit ekish ishlari yakuniy bosqichida ilk nihollar ko‘rina boshladi
Zafarobod tumanida joriy yilgi paxta mavsumi doirasida bahorgi dala ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Tumanning turli hududlarida fermer xo‘jaliklarida chigit ekish ishlari agrotexnik talablar asosida olib borilmoqda.
Jumladan, Sobir Rahimov suv iste’molchilari uyushmasi hududidagi “Holmo‘min bobo” va “Toshtemir ota” fermer xo‘jaliklarida ekish ishlari yakuniy bosqichga yetkazilgan. “Sirojiddin Behruzbek” fermer xo‘jaligida esa ekilgan paxta urug‘lari unib chiqib, dalalarda ilk nihollar ko‘rina boshladi.
Shuningdek, Saydulla Sindarov suv iste’molchilari uyushmasi hududidagi “Chuqur buloq” fermer xo‘jaligida chigit ekish ishlari to‘liq yakunlandi. Bu kabi tizimli mehnat kelgusida mo‘l hosil uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
�� Batafsil videolavhada tomosha qiling.
��https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:��
Telegram
|jizzaxviloyatihokimi
|Facebook
|YouTube
|Instagram
|ok.ru
|@jizzaxuz_bot|X
|
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram