Videoreportaj: Jizzax va Andijon o‘rtasidagi mahalliy Kengashlarning tajriba almashishi samarali bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PF–98-sonli Farmoniga muvofiq, mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyat xodimlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishni kuchaytirish ustuvor vazifa etib belgilangan.
Shu asosda xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi Uktamjon Axunov boshchiligidagi delegatsiya Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev qabul qilib, hududlar o‘rtasidagi hamkorlik va tajriba almashishning ahamiyatini ta’kidladi.
Tashrif davomida delegatsiya mahalliy Kengashlar faoliyati, doimiy komissiyalar ishi, deputatlarning saylovchilar va “mahalla yettiligi” bilan hamkorligi, sessiyalar o‘tkazish tartibi bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, mehmonlar Jizzax shahar, Do‘stlik va Arnasoy tumani Kengashlari faoliyati, Arnasoy tumanidagi “Arnasoy Resort” turistik markazi, “ADM Jizzakh” avtomobil ishlab chiqarish korxonasi, Sharof Rashidov tumanidagi “Gulchi opa” faoliyati hamda Zomin tumanidagi Suffa platosini ko‘zdan kechirdilar.
Tashrif yakunida andijonlik mehmonlar uchun tashkil etilgan Andijon bog‘i hududida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram