Jizzaxda “Milliy Fashion Show” o‘tkazildi
Jizzax viloyatida viloyat hokimligi, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi hamkorligida milliy liboslarni targ‘ib etishga qaratilgan “Tarannum” milliy fashion show liboslar namoyishi tanlovi o‘tkazildi.
Tadbir davomida milliylik va zamonaviylikni o‘zida mujassam etgan nafis liboslar namoyish etildi. Ko‘rgazmada ishtirok etgan liboslar xalqimizning boy milliy qadriyatlari, urf-odatlari va estetik didini aks ettirgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Mazkur tanlov milliy liboslar madaniyatini keng targ‘ib qilish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida milliy an’analarga hurmat va qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
��https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:��
Telegram
|jizzaxviloyatihokimi
|Facebook
|YouTube
|Instagram
|ok.ru
|@jizzaxuz_bot|X
|
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram