“POWDER COATINGS JIZZAX” korxonasida amaliy muloqot o‘tkazildi
Arnasoy tumanidagi faoliyat yuritayotgan “Powder Coatings Jizzax” kukunli bo‘yoq ishlab chiqarish korxonasida amaliy muloqot o‘tkazildi.
Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik quvvatlari hamda mahsulot tayyorlash bosqichlari bilan yaqindan tanishdi. Mutaxassislar tomonidan sexlardagi ish jarayoni ko‘zdan kechirilib, korxona faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi.
Muloqot chog‘ida ishlab chiqarishda foydalanilayotgan xomashoni mahalliylashtirish, bu orqali mahsulot tannarxini pasaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mas’ullar mazkur yo‘nalishda korxonaga amaliy yordam ko‘rsatish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.
Shuningdek, korxona mahsulotlarining bozordagi raqobatbardoshligini oshirish, brendni shakllantirish va uni keng iste’mol bozoriga samarali olib chiqish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu borada huquqiy, tashkiliy va amaliy ko‘mak berish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Uchrashuv yakunida boshqarma boshlig‘i Bobur Umrzoqov tomonidan korxona faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal etish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur amaliy muloqot korxonaning kelgusi rivoji, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va hudud sanoat salohiyatini yanada yuksaltirishda muhim qadam bo‘lishi ta’kidlandi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram