Videoreportaj: Zarbdorda 9 ming gektar maydonga chigit ekiladi
Joriy yilda Zarbdor tumanida 9 000 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilib, har gektardan o‘rtacha 47,9 sentner hosil olish hisobiga 43 100 tonna paxta xomashosi yetishtirish kutilmoqda.
Maydonlarning 1 535 gektari klasterlar hissasiga to‘g‘ri kelib, bu yerlardan 8 028,5 tonna hosil olish belgilangan. Shuningdek, fyuchers asosida 5 429,5 gektardan 19 265 tonna, forvarddan 363 gektardan 1 700 tonna, SPOT hisobidan 1 778 gektardan 13 148 tonna, urug‘lik maydonlardan esa 959 tonna paxta xomashosi yetishtirish rejalashtirilgan.
Barcha maydonlarda ekish ishlari qo‘shqator usulida, 76 sxema asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, 3 459 gektarda Shinjon texnologiyasi joriy qilinib, suv va resurslarni tejash hamda yuqori hosildorlikka erishish maqsad qilingan.
�� Batafsil videolavhada tomosha qiling.
��https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:��
Telegram
|jizzaxviloyatihokimi
|Facebook
|YouTube
|Instagram
|ok.ru
|@jizzaxuz_bot|X
|
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram