avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
08.04.2026 16:03
Jizzaxda 66 mingdan ortiq ko‘chmas mulk obyekti ro‘yxatga olindi

Jizzax viloyatida 2026-yilning 8 aprel kunigacha 66 189 ta ko‘chmas mulk obyekti ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Bu ishlar aholi turmush farovonligini ta’minlash, mulk huquqlarini aniqlash va hududda qonuniy mulk munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan.

Tuman va shaharlardagi ko‘chmas mulklar bo‘yicha amalga oshirilgan xisobot va tekshiruvlar natijasida uy-joylar, korxona va tadbirkorlik obyektlari bilan bog‘liq ma’lumotlar to‘plandi. Bu esa nafaqat hokimiyat organlariga to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda, balki aholiga ham o‘z mulkiga oid aniq ma’lumotlarni taqdim etishda muhim ahamiyatga ega.

Mazkur xisobotlar orqali joylardagi infratuzilma va ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish, yer va uy-joylarning qonuniy holatini aniqlash, shuningdek, investitsiya va iqtisodiy faoliyatni yanada faollashtirish imkoniyati yaratiladi.

Bu jarayonda nafaqat shahar va tuman markazlari, balki qishloq mahallalaridagi mulklar ham to‘liq qamrab olingan. Bu esa aholi va tadbirkorlar uchun qonuniy asosda ish olib borish imkonini beradi hamda Jizzax viloyatida mustahkam va shaffof mulk munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

��https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:��

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
5 5.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

16.1K
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
https://gov.uz/oz/jizzax

“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
@jizzaxviloyatihokimi
@jizzaxuz_bot

Facebookdagi* murojaat uchun havola:
https://www.facebook*.com/pressslujba/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram