Jizzaxda professor 600 ta kitobni talabalarga sovg‘a qildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Nuroniylardan talabalarga kitob sovg‘asi” aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida universitetning tajribali ustozlari talaba-oshlarga ilmiy va badiiy adabiyotlarni yetkazishda faol ishtirok etishdi.
Hayratlanarli raqamlar ham e’tiborga molik: professor Umirzoq Jumanazarov tashabbusi bilan 600 ta kitob talabalarga sovg‘a qilindi. Kitoblar tarkibida monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar va lug‘atlar mavjud bo‘lib, ular yoshlar ta’limini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday tashabbuslar ta’lim sifatini oshirish, ustoz-shogird an’analarini mustahkamlash va yoshlar orasida kitobga qiziqishni kuchaytirishga xizmat qiladi. Ilm berishdan charchamaydigan ustozlarimiz sog‘-omon bo‘lishsin!
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram