avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
08.04.2026 11:23
Jizzaxda Andijon bilan tajriba almashish mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–98-sonli Farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari hamda kotibiyat xodimlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish faoliyatini yanada takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

Mazkur hujjat asosida sohadagi ijobiy yutuqlar, amalga oshirilayotgan ishlar va ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishish, hududlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda 2025-yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlari o‘rtasida qator amaliy tashriflar tashkil etildi.

Ushbu tashriflarni 2026-yilda ham izchil davom ettirish, mahalliy Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlarining o‘zaro tajriba almashishini yanada kuchaytirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Ana shunday tashriflar doirasida xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi Uktamjon Axunov boshchiligidagi delegatsiya Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev qabul qilib, samimiy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev Andijon viloyati Kengashi vakillarini Jizzax zaminida qutlar ekan, ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlik va deputatlar faoliyatidagi o‘zaro tajriba almashish muhim amaliy natijalar berishini alohida ta’kidladi.

Tajriba almashish jarayonida mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyat xodimlari Kengash doimiy komissiyalari ishini tashkil etish, nazorat-tahlil tadbirlarini samarali yo‘lga qo‘yish, deputatlarning saylovchilar bilan tizimli ishlash amaliyoti, ularning “mahalla yettiligi” bilan hamkorligi, shuningdek, doimiy komissiyalar va sessiya majlislarini o‘tkazish tartibi bilan yaqindan tanishmoqda.

Bunday amaliy muloqot va hamkorlik tashriflari mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati samaradorligini oshirish, hududlarda aholi muammolarini tezkor hal etish hamda deputatlik korpusining mas’uliyatini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

��https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:��

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
10 5.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

16.1K
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
https://gov.uz/oz/jizzax

“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
@jizzaxviloyatihokimi
@jizzaxuz_bot

Facebookdagi* murojaat uchun havola:
https://www.facebook*.com/pressslujba/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram