Har bir vazir, tarmoq va bank rahbari, viloyat, tuman hokimi xodimlari sport bilan shug‘ullanishi uchun o‘zi namuna bo‘lib, sharoitlarni kengaytirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mazkur jarayonda
haftada bir kun sport kuni sifatida belgilanishi, bu kunda
vazirlik, idora va tashkilotlarda sport mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilandi. Agar sport zali bo‘lmasa, sport bazalari yoki federatsiyalar bilan shartnoma tuzish,
kamida 4 ta sport turi bo‘yicha yiliga 2 marta musobaqa tashkil qilib, g‘oliblarni taqdirlash topshirildi.
Joriy yildan boshlab
har yili vazirliklar, tarmoqlar, banklar va hokimliklar o‘rtasida respublika birinchiliklari o‘tkazilishi belgilandi.
Xususiy sektordagi mehnat jamoalarida ham ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Tadbirkorlar o‘z ishchi-xodimlari uchun
sport zali, maydonchasi qurish va jihozlash uchun qilgan xarajatlari foyda solig‘i bazasidan chegiriladi, jalb qilingan
trenerlar uchun daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi.
Facebook*|Instagram*|X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram