Jizzaxda rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish o‘smoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–fevral oylarida mamlakatimizda yirik korxonalar tomonidan jami 2,2 trillion so‘mlik rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,9 foizga oshgani sohada barqaror o‘sish kuzatilayotganini ko‘rsatadi.
Hududlar kesimida Jizzax viloyatida mazkur davr mobaynida 58,5 milliard so‘mlik rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarilgani qayd etildi. Bu viloyatimiz sanoat salohiyati yildan-yilga mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.
Ayniqsa, qurilish, qishloq xo‘jaligi va maishiy ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan plastmassa quvurlar, turli texnik buyumlar hamda rezina mahsulotlariga talab ortib borayotgani ushbu yo‘nalish rivojiga turtki bo‘lmoqda. Jizzaxda sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan korxonalarning ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyatda yangi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish natijasida yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkich yanada yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Jizzax viloyatida sanoat sohasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksportbop mahsulotlar hajmini oshirish borasidagi ishlar iqtisodiy o‘sishning muhim omillaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram