avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
07.04.2026 14:02
Jizzaxda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

"O‘zgidromet”ning ogohlantirishiga ko‘ra, 7–9 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchiliklar sababli Jizzax viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Ayniqsa, Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari xavfli hududlar sifatida qayd etildi.

Mutaxassislar ma’lum qilishicha, kuchli yomg‘irlar oqibatida soy va ariqlarda suv miqdori ortishi, ayrim past hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli yuqori. Bu esa mahalliy yo‘llar, aholi yashash punktlari va qishloq xo‘jaligi yerlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu munosabat bilan viloyatning tegishli xizmatlari va favqulodda vaziyatlar bo‘limlari tomonidan profilaktik choralar kuchaytirilmoqda. Xususan, sel yo‘llarini tozalash, suv o‘tkazuvchi inshootlarni nazorat qilish va aholini ogohlantirish ishlari olib borilmoqda.

Fuqarolardan, ayniqsa tog‘ oldi hududlarida yashovchilar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyotkorlikka amal qilish so‘ralmoqda.

Zarur bo‘lmagan hollarda tog‘li hududlarga chiqmaslik, soy va darolar yaqinida to‘xtab turmaslik hamda rasmiy xabarlarni kuzatib borish tavsiya etilmoqda.

��https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:��

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
12 6.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

16.1K
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
https://gov.uz/oz/jizzax

“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
@jizzaxviloyatihokimi
@jizzaxuz_bot

Facebookdagi* murojaat uchun havola:
https://www.facebook*.com/pressslujba/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram