avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
07.04.2026 10:05
Do‘stlik tumanida Respublika miqyosidagi muhim amaliy seminar boshlandi

Joriy yilgi pilla mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida Do‘stlik tumanida Respublika miqyosidagi amaliy seminar o‘z ishini boshladi. Seminar Ulug‘bek Mustafoyev hamda Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova boshchiligida o‘tkazilmoqda.

Seminar Chinobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yig‘ilish bilan boshlandi. Unda pilla mavsumini tizimli tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va hududlar kesimida aniq vazifalarni belgilab olish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tadbirda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti, hududiy “Agropilla” MChJ rahbarlari hamda O‘zbekipaksanoat uyushmasi tarkibidagi urug‘chilik va pillachilik klasterlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Seminar davomida pilla yetishtirishni samarali tashkil etish, ipak qurti parvarishi, oziqlantirish jarayonlarini takomillashtirish, hosildorlikni oshirish hamda ilg‘or tajribalarni keng joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda. Shu bilan birga, sohada xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni daromadli mehnat bilan qamrab olish, ayniqsa uy sharoitida ipak qurti parvarishini yo‘lga qo‘yish orqali oilaviy daromadlarni oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan ushbu seminar pilla mavsumini yuqori saviyada tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash hamda ipakchilik sohasini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat k
asb etadi.
��https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:��

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
2 5.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

16.1K
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
https://gov.uz/oz/jizzax

“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
@jizzaxviloyatihokimi
@jizzaxuz_bot

Facebookdagi* murojaat uchun havola:
https://www.facebook*.com/pressslujba/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram