Videoreportaj: Arnasoyda chigit ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda
Arnasoy tumanida 2026-yil paxta hosili uchun chigit ekish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Joriy yilda 7200 gektar maydonga paxta ekish rejalashtirilgan bo‘lib, barcha maydonlarda qo‘shqator usuli qo‘llanilmoqda.
Mazkur usul nihollarning bir tekis unib chiqishi, qator oralariga texnika bilan qulay ishlov berish hamda hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, tomchilatib sug‘orish tizimi bilan uyg‘un holda suvdan samarali foydalanish imkoni yaratilmoqda.
Tumanda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, xususan, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida suv tejovchi usullarni qo‘llash qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va mo‘l hosil yetishtirishga mustahkam zamin yaratmoqda.
�� Batafsil videolavhada tomosha qiling.
��https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:��
Telegram
|jizzaxviloyatihokimi
|Facebook
|YouTube
|Instagram
|ok.ru
|@jizzaxuz_bot|X
|
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram