avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
06.04.2026 16:02
Jizzax viloyatida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari soni 598 taga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 11 ming 118 tani tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 175 taga oshgani ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va infratuzilmaning izchil kengayib borayotganini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Jizzax viloyatida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 598 tani tashkil etmoqda. Mazkur ko‘rsatkich viloyatda ta’lim qamrovini kengaytirish, aholiga qulay va sifatli ta’lim xizmatlarini taqdim etish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar samarasi sifatida baholanmoqda.

Ayniqsa, keyingi yillarda Jizzax viloyatida yangi maktab binolarini qurish, mavjud ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa o‘quvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, viloyatda maktablar sonining yetarli darajada shakllangani yosh avlodning bilim olishi, ularni har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, aholi soni o‘sib borayotgan hududlarda yangi ta’lim muassasalarini tashkil etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Jizzax viloyatida ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratish, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan bilimli va salohiyatli yoshlarni voyaga yetkazishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

��https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:��

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
5 6.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

16.1K
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
https://gov.uz/oz/jizzax

“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
@jizzaxviloyatihokimi
@jizzaxuz_bot

Facebookdagi* murojaat uchun havola:
https://www.facebook*.com/pressslujba/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram