Jizzaxda “Har bir qadam — tabiatga malham!” shiori ostida plogging aksiyasi o‘tkazildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyati Kengashi hamda Sharof Rashidov tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabi hamkorligida “Har bir qadam — tabiatga malham!” shiori ostida plogging aksiyasi tashkil etildi.
Mazkur aksiya Sharof Rashidov tumani Kuyovboshi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi adirlikda bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida 100 nafarga yaqin ekofaollar faol ishtirok etib, hududni chiqindilardan tozalash, atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Aksiya jarayonida ishtirokchilar jamoaviy tarzda hududni tozalash ishlarini amalga oshirib, tabiatni muhofaza qilish, yashil hududlarni saqlash va obod muhit yaratish borasidagi ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar.
Mazkur tashabbus aholining ekologik ongi va madaniyatini oshirish, tabiatni muhofaza qilishga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
Bu kabi ekologik aksiyalar yoshlar o‘rtasida tabiatga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish, jamoatchilikning ekologik mas’uliyatini oshirish hamda hududlarni obod va ozoda saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram