avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
06.04.2026 12:03
Baxmal tumanida Gollandiya seleksiyasiga mansub “Elita Arizona” navli kartoshkasi ekilmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi strategik ahamiyat kasb etmoqda. Aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, ichki bozor barqarorligini mustahkamlash hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirish tadbirkorlar oldida turgan ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu kabi muhim vazifalarni amalga oshirishda BMB HOLDING ham faol ishtirok etib, qishloq xo‘jaligi sohasida yangi loyihalarni hayotga tatbiq etishda davom etmoqda. Jumladan, Baxmal tumani maydonlariga Gollandiya seleksiyasiga mansub “Elita Arizona” navli kartoshka urug‘lari ekish uchun olib kelindi.

Mazkur hudud tog‘ oldi mintaqasida joylashganligi sababli ekologik jihatdan toza hisoblanadi. Tabiiy iqlim sharoiti, toza havo va unumdor tuproq boshqa turdagi meva va sabzavotlar kabi kartoshka yetishtirish uchun ham juda qulay. Bu esa yetishtiriladigan mahsulotning sifatini yanada oshirishidan dalolat beradi.

Loyiha doirasida kartoshka ekish ishlari 35x55 kalibrli ekin materiallari asosida, 70 santimetrli qator orasi sxemasi bo‘yicha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bunday agrotexnik yondashuv hosildorlikni oshirish va resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi.

Avval aytib o‘tilganidek, “Elita Arizona” navi o‘zining hosildorligi va yuqori sifat ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Ushbu nav o‘rta erta pishar bo‘lib, 70-80 kunda hosilga kiradi. Bir gektardan 400-500 sentnergacha hosil olish imkoni mavjud. Shuningdek, mazkur nav qurg‘oqchilik va yuqori harorat sharoitiga moslashuvchan bo‘lib, turli iqlim zonalarida barqaror hosil berish xususiyatiga ega.

Umuman olganda, BMB HOLDING tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur tashabbus nafaqat qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, balki mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni yuqori sifatli mahalliy mahsulotlar bilan to‘ldirish va eksport salohiyatini yanada kengaytirishga ham xizmat qiladi.

��https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:��

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
9 6.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

16.1K
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
https://gov.uz/oz/jizzax

“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
@jizzaxviloyatihokimi
@jizzaxuz_bot

Facebookdagi* murojaat uchun havola:
https://www.facebook*.com/pressslujba/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram