Videoreportaj: G‘allaoroldagi mahallalarda “Mahalla bog‘i” barpo etildi
G‘allaorol tumanining Qorizquduq va Oqtosh mahallalarida “Mahalla bog‘i” barpo etildi. “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida har biri 1 gektardan iborat, uzoq yillar foydalanilmay kelgan yer maydonlari qayta tiklanib, zamonaviy bog‘larga aylantirildi.
Ushbu hududlarga jami 1270 tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Yangi bog‘lar aholi uchun dam olish maskani bo‘lishi bilan birga, tomorqa yo‘nalishida ham xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur ishlar hududning ekologik holatini yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirish va mahalla ahlining hamjihatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
�� Batafsil videolavhada tomosha qiling.
��https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:��
Telegram
|jizzaxviloyatihokimi
|Facebook
|YouTube
|Instagram
|ok.ru
|@jizzaxuz_bot|X
|
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram