J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
17.04.2026 12:43
Oʻzbekiston banklari va fintex sohasi uchun IT-infratuzilma

Servercore kompaniyasi Central Asian Fintech Association bilan hamkorlikda IT-direktorlarni, texnik mutaxassislarni va biznes rahbarlarini yopiq formatdagi «IT-palov» biznes-kechki ovqatiga taklif etadi. Ekspertlar axborot xavfsizligining dolzarb masalalari va bulutda xavfsiz infratuzilma qurish yoʻllarini muhokama qiladilar.

➡️ Havola orqali roʻyxatdan oʻting: https://srv.cr/s767r

Ishtirokchilar quyidagilarni muhokama qilishlari mumkin:

▪️ Servercore bulutida Fintech-kompaniyalar uchun xavfsiz infratuzilma yaratish
▪️ Bulutga koʻchish va miqyosni kengaytirishning amaliy tajribasi (Air Samarkand keysi misolida)
▪️ Biznesni rivojlantirish uchun bulutli serverlarning imkoniyatlari

Rasmiy qismdan soʻng — IT-palov Networking. Ekspertlar bilan kasbiy mavzularda norasmiy muloqot, bozordagi hamkasblar bilan tajriba almashish va mazali kechki ovqat.

⚠️ Oldindan roʻyxatdan oʻtishni unutmang, joylar soni cheklangan. Ishtirok etish bepul, biroq faqat Servercore menejerlari tomonidan tasdiqlanganidan (moderatsiyadan oʻtganidan) soʻnggina ruxsat etiladi.
🤣 24
👍 7
3
🔥 3
16 5.1K
J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
23.03.2026 16:36
O'zbek dasturchilariga qiyin

Ko'pchiligimiz hammaga "ho'p aka, bo'ldi aka" deb o'rganib qolganmiz. "Yo'q" deyishga qiynalamiz. Men ham shunday bo'lganman.

Manager kelib "mana bu ishni qilib bera olasanmi?" desa "ha qilib beraman" deb ko'p aytar edim. "Qancha vaqt ketadi?" deb so'rasa 1 hafta deyishni o'rniga "2 kun ketadi aka" der edim.

Natijada nima bo'lgan? Charchab qolganman.

Hozir esa birinchi aytadigan gapim "ozgina vaqt bering, o'ylab ko'ray lekin katta ehtimol bilan darxol kirisha olmayman. Zarur bo'lsa boshqa odamga ayting" deyman.

Sizga ham maslahatim shu. "Yo'q" ko'proq deyish.

@jakhonrakhmonov
🔥 360
💯 79
👍 50
❤‍🔥 34
15
👏 9
💔 5
😁 4
😢 3
🌚 3
110 19.4K
J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
02.03.2026 15:13
Urush va Amazon

Yaqin sharqda nimalar bo'layotganidan xabaringiz bor. Raketalar uyoqdan buyoqqa uchib yuribdi afsuski.

Ularning biri AWS ning bir data-centeriga ham yetib borgan ko'rinadi.

Eslatib o'tish kerak AWSda regionlar mavjud. Har bir region esa Availability Zone larga bo'lingan.

Aynan shu holatda biror bomba yoki raketa AWSning Middle East regionidagi mec1-az2 Availability Zone data-centeriga tushgan ko'rinadi.

Natijada, ushbu data-centerda ishlayotgan servislar ishida uzilishlar kuzatilgan.

Lekin shu servislarning ko'pchiligi tez orada yana ishlashni boshlagan. Data center hali ham yonayotganiga qaramasdan.

Sababi esa aynan shu regionlar va AZ larning ko'pligida. Barcha AWS servislar deyarli barcha regionlarda ishlaydi.

Birorta regionga nimadir bo'lsa servislar avtomatik tarzda "weight-away" qilishadi. Yani buzilgan regionga trafik jo'natish to'xtatiladi. Data center ishga qaytganda yana trafik qaytib keladi.

@jakhonrakhmonov
👍 182
❤‍🔥 38
🔥 25
7
💯 4
🤣 4
🍌 2
31 13.9K
J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
24.02.2026 16:20
Nvidia da ish boshlaganimda jamoada AI skeptik lar ko‘p edi. Hozir esa ularning soni...

O‘tgan yilning Avgust oyida Nvidia da ish boshlaganimda jamoamizdagi eng tajribali dasturchilar orasida AI skeptiklar yetarlicha edi. Ularni Linkedinda kuzatar ekanman "AI instrumentlarni ishlatish yaxshilikka olib kelmaydi" degan ma’nodagi postlar yoki kommentlarni ko‘p ko‘rar edim.

Oradan mana yarim yildan sal ko‘proq vaqt o‘tdi.

Ular yozayotgan postlar va kommentlar ma’nosi "AI toollar juda foydali. Kim qanday maqsadlarda ishlatyapti?" ga o‘zgarganini sezish mumkin. Men taniganlar orasida faqat bir dona skeptik qoldi. Yana yarim yillarda xabar olamiz.

Kelajakda nima bo‘ladi deysizmi? Uzoq kelajakda nima bo‘lishini men ham boshqalar ham bilmaydi. Yaqin kelajakda nima bo‘lishi esa menimcha aniq.

Oldin deyarli barcha korxonalar ishlashingiz uchun macbook yoki boshqa laptop berar edi. JetBrains IDE kabi instrumentlarini sotib olib berar edi. Endi shu sotib olib beriladigan instrumentlar ro‘yxatiga Claude Code, Cursor, Codex kabi AI toollar kirishi aniq.

@jakhonrakhmonov
🔥 191
👍 60
😢 12
💯 12
8
5
🤣 3
🍾 3
👏 1
🤔 1
🏆 1
41 13.1K
J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
15.02.2026 02:36
Microsoft AI boshlig’i 1.5 yil ichida AI ko’pchilik, balki xatto barcha, white-collar ishlarini avtomatlashtiradi debdi yaqinda.

Bilmadim.

Yoki men qanaqadir bubble da yashayman yoki bular.

Balki men AI ga qiziqmaydigan joyda (Nvidia) ishlarman? Balki oldin ishlagan joylarim (AWS) AI ga qiziqmagan?

Ishimizni to'liq avtomatlashtirishga yaqin ham kelmagan bu instrumentlar.

@jakhonrakhmonov
118
👍 54
🤣 50
18
😁 11
🔥 4
🤯 4
34 14.3K
J
Jakhongir Rakhmonov - IT
Переслано от JR TwitGram 🥂
08.02.2026 19:07
🔴 Stream - 30 daqiqalardan so'ng 🔴

https://www.youtube.com/live/XnHCTB31nvg

Oldingi streamlarda "Claude Code" ga o'xshash "Shrek Code" agentini yozishni boshlagan edik.

Agentimiz fayllar bilan ishlashni biladi, kod yoza oladi. Lekin unda ichki "yashirin" ma'lumotlar haqida ma'lumot yo'q.

Bugun ichki ma'lumotlar bilan context qurib berishni, zamonaviy so'zlar bilan aytganda RAG (Retrieval Augmented Generation) qo'shamiz.
🔥 45
👍 14
😁 2
1
20 12.3K
J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
03.02.2026 14:35
Dasturchilikda vaqtinchalik yechimdan ko'ra doimiyroq narsa yo'q bo'lsa kerak.

@jakhonrakhmonov
😁 357
👍 25
🔥 16
💯 12
5
🍾 3
🏆 2
👏 1
24 33 16.8K
J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
31.01.2026 20:06
Tahminan 20-30 daqiqalarda stream.

"Google Image Search" ga o'xshash bo'lgan, albatta ancha kichikroq variantini Pythonda yozib ko'ramiz.

Bugungi kunda juda hype bo'layotgan Vector va Embeddings kabi tushunchalar haqida o'rganamiz, mental model quramiz. Odatdagidek amaliy kod yozish orqali.

Ko'rishguncha.

https://www.youtube.com/live/gxbGC-LnJjI
🔥 61
👍 16
🤩 8
6
2
10 26 14.2K
J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
30.01.2026 10:02
Katta katta loyihalar qurmoqchi bo‘lgan har bir dasturchi "distributed systems" nimaligini bilishi shart.

Umuman olganda, distributed systems bu ma’lum bir vazifani bajarish uchun har xil aloqa kanallari orqali bir biri bilan muloqot qilib, o‘zaro hamkorlik qiladigan elementlar guruhidir. Elementlarga misol qilib telefon kabi jismoniy qurulmalarni yoki browser kabi dasturiy protseslarni keltirish mumkin.

Qo‘pol qilib aytganda bir guruh komponentlar biror ishni bir biri bilan bir balo qilib gaplashib bajarsa shuni distributed systems deyilar ekan.

Ho‘p, nimaligini tushundik.

Qiyinlashtirib nima qilamiz? Nega bizga o‘zi bu distributed systems degan balo kerak?

Juda yaxshi savol.

Birinchidan, shunaqangi loyihalar borki ular bitta komponentning ishdan chiqishiga bardoshli bo‘lishi shart. Masalan, Dropbox siz unga jo‘natgan fayllaringizni bir nechta serverlarda nusxalarini saqlaydi. Agar bitta serverda saqlaganda va u serverga nimadir bo‘lganda bu siz uchun va Dropbox uchun yaxshilik bilan tugamagan bo‘lar edi.

Ikkinchidan, shunaqangi loyihalar borki ularga kelayotgan "yuk" shunchalik kattaki bir dona serveringiz qanchalik kuchli va katta bo‘lmasin bunday darajani yakka eplay olmaydi. Masalan, Google sekundiga butun dunyodan bir necha yuz minglab so‘rovlarni qabul qiladi. Bitta server buni ko‘tara olishi mumkin emas.

Uchinchidan, shunaqangi loyihalar borki ular shunaqangi tez ishlashi kerakki bitta server bilan eplashning ilojisi yo‘q. Masalan, Netflix juda katta sifatdagi filmlarni har bir foydalanuvchiga juda tez yetkazib berish uchun dunyo bo‘ylab serverlar joylashtirib qo‘ygan. Bitta serverda bo‘lganida faqatgina shu serverga yaqin bo‘lgan foydalanuvchilargina bemalol ishlatgan bo‘lar edi xolos.

Va nihoyat, ba’zi bir loyihalar tabiatan "distributed system" dir. Masalan, internet. Siz internetga telefoningiz, kompyuteringiz yoki planshetingizdagi browser orqali kirasiz va u dunyodagi boshqa milliardlab uskunalar bilan birgalikda bitta "distributed system" ni tashkil qiladi. Ya’ni bitta uskuna bilan internet internet bo‘lmagan bo‘lar edi, to‘g‘rimi?

Ho‘p, nimaga kerakligini tushundik. Bunday tizimlarni qanday quramiz?

Juda yaxshi savol.

Bunga endi ancha harakat qilish kerak. Bitta postda tushuntirib bo‘lmaydi. Yillar ketadi xullas.

@jakhonrakhmonov
👍 104
🔥 26
12
😁 10
👏 5
😢 1
16 61 15K
J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
26.01.2026 18:09
👍 86
😁 21
🔥 9
4
🤣 3
🤩 2
11 50 9.5K
J
Jakhongir Rakhmonov - IT
Переслано от JR TwitGram 🥂
24.01.2026 20:26
Shu "Claude Code" deb atalmush qora magiyani yaxshiroq tushunib olish uchun 0 dan yozib ko'rmaymizmi bir?

Tahminan 30 daqiqalarda, stream:

https://www.youtube.com/live/9hTJ84vV-LI
YouTube
0 dan "Claude Code" ga o'xshash dasturlash agentimizni yozamiz
Ushbu streamda 0 dan "Claude Code" ga o'xshash coding agentimizni Python tilida yozib chiqamiz.
🔥 84
👍 20
1
46 8.3K
J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
13.01.2026 16:36
Amazon vs Nvidia

Mana 6 oy ham o'tibdi Nvidiada ish boshlaganimga. Shu furstadan foydalanib ota-onamga, oilamga, prezidentimizga...

Kechirasiz. Chalg'ib ketdim.

Eski ishxonamga, yani Amazonga, ozgina solishtirsam degan edim.

Albatta bu mening shaxsiy fikrim. Hamma uchun to'g'ri degani emas.

Hullas, Amazonda hamma narsada tartib bor. Hamma narsa chizib qo'yilgan, yozib qo'yilgan va hokazo. Agar yozib chizib qo'yilmagan bo'lsa nima qilish kerakligi yozib chizib qo'yilgan.

Nvidiada sal boshqacha. Nvidiada ko'proq Chaos bor. Tarjimasi betartiblik. Lekin unaqa yomon narsa emas qandaydir. Yaxshi chaos. Hamma o'rganib qolgan bu chaosga.

Amazon "Aytganimni qil bratishka" deydi.

Nvidia "Bilganingizni qiling" deydi.

Kunni ohirida ikkalasi ham sizdan ishingizni sifatli va vaqtida qilishingizni, eng asosiysi "ownership" kutadi.

@jakhonrakhmonov
😁 245
🔥 68
🤣 45
👍 24
🍾 12
6
🤩 4
3
35 25 12.8K
J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
12.01.2026 12:35
🔥 55
👍 13
❤‍🔥 6
2
3 45 11.7K
J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
02.01.2026 21:43
Jakhongir Rakhmonov - IT Фото: Processes, threads, parallel/async dasturlash, CPU, multi-cores, GIL...🤯 Shu mavzular meni vaqtida juda qiynagan. Tushunish qiyin. Yana ustiga ustak har xil tillarda bu narsalar har xil. Rustda boshqacha, Pythonda boshqacha. Pythondagi GIL ham tushunishni qiyinlashtiradi. Bir amallab tushinib olganimdan keyin esa yana esimdan chiqib qolaverar edi. Ertaga shu mavzuda live stream qilamiz. Ushbu mavzular uchun mukammal mental model yasaymiz. Python va Rust tillarida misollar ko'ramiz. Benchmark qilamiz. O'lchaymiz. Nega parallel va async dasturlar aynan shunday tarzda ishlashi haqida gaplashamiz, kod yozib kuzatamiz. Live stream tahminan soat 14:30da. Sal-pal o'zgarishi mumkin. Yaqinlashgan sari xabar beraman. Ko'rishguncha. https://www.youtube.com/live/rQduxuVQm_k
Parallel va Async Dasturlash Asoslari

Multi-threading, multi-processing, GIL, async/await haqida gaplashdik.

Rust va Python da multi-threaded kodlar yozib solishtirib chiqdik.

Video uchun havola:

https://www.youtube.com/watch?v=O7REBjE1Jhs
YouTube
Parallel va Async Dasturlash Asoslari. Birinchi Qism.
Ushbu videoda parallel va async dasturlashning mental modelini yasaymiz. Operatsion sistemadan boshlab, Python va Rust tillarida yozilgan haqiqiy misollar yordamida parallel va asynxron dasturlar nimaga aynan shunday tarzda o'zini tutishini ko'ramiz. Multi-threading, parallelism, concurrency, GIL, async, await, CPU, multi-cores kabi so'zlar sizni qiynab kelayotgan bo'lsa albatta ko'ring. Foydali bo'ladi degan umiddaman.
🔥 68
👍 22
9
19 106 14.8K
J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
01.01.2026 22:26
Processes, threads, parallel/async dasturlash, CPU, multi-cores, GIL...🤯

Shu mavzular meni vaqtida juda qiynagan. Tushunish qiyin. Yana ustiga ustak har xil tillarda bu narsalar har xil. Rustda boshqacha, Pythonda boshqacha. Pythondagi GIL ham tushunishni qiyinlashtiradi.

Bir amallab tushinib olganimdan keyin esa yana esimdan chiqib qolaverar edi.

Ertaga shu mavzuda live stream qilamiz. Ushbu mavzular uchun mukammal mental model yasaymiz.

Python va Rust tillarida misollar ko'ramiz. Benchmark qilamiz. O'lchaymiz.

Nega parallel va async dasturlar aynan shunday tarzda ishlashi haqida gaplashamiz, kod yozib kuzatamiz.

Live stream tahminan soat 14:30da. Sal-pal o'zgarishi mumkin. Yaqinlashgan sari xabar beraman.

Ko'rishguncha.

https://www.youtube.com/live/rQduxuVQm_k
97
🔥 68
👍 39
19 65 12K
J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
28.12.2025 16:39
Kompaniyalar, ayniqsa katta kompaniyalar, har kelayotgan yangi yil uchun yangi byudjet ajaratadi. Yani yangi ish o'rinlar ochilishi uchun "ruhsat" beriladi. Bu esa siz uchun yaxshi imkoniyat.

Men bu jarayonda qatnashib ko'rmaganman lekin tajribamdan kelib chiqib ayta olamanki yangi ish o'rinlarga ruhsat olish tahminan har yilning Fevral-Mart oylari atrofida yakunlanadi. Shuning uchun ham Aprel va May oylarida kompaniyalar shiddat bilan yangi ishchilar qidira boshlaydilar.

Mana misol uchun o'tgan yilning Aprel oyining o'zida menga quyidagi kompaniyalar yozgan ekan:

https://www.skillup.uz/communities/jakhongir-rakhmonov/posts/dasturchi-sifatida-chet-elda-ish-qidirayotganlar-uchun-lifehack

@jakhonrakhmonov
🔥 91
👍 32
9
🏆 7
👏 2
🍾 2
👌 1
64 11.6K
J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
11.12.2025 14:33
SkillUp platformasini biroz o‘zgartirdik.

Birinchi versiyasida faqat kurslar bor edi. Yangi versiyasining markazida esa "Hamjamiyat" tushunchasi turadi.

Siz biror bir hamjamiyatga a’zo bo‘lib premium maqolalar, ichki streamlar, AMA lar va boshqa manfaatli kontentlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Kontent creator sifatida esa o‘z hamjamiyatingizni yaratib kontentingizdan foyda ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Qiziqqan content creatorlar jrahmonov2@gmail.com ga yozishlari mumkin. Kelajakda avtomatlashtiramiz.

Umid qilamanki bu versiyasi kontent qiladiganlarni sifatli premium darajadagi kontent yaratishga undaydi va hamjamiyat a’zolariga shunday yuqori darajadagi kontentni iste’mol qilishga imkoniyat yaratadi. Win-win.

Hozir hamjamiyatlar soni ko'p emas. Sekin sekin ularning sonini ko‘paytiramiz. Ichidagi kontent ham ko‘payib boradi. Masalan ma’qolalarni faqat o‘sha yerda yozib boraman endi.

Eski versiyada kurs sotib olganlar diqqatiga:

- Emalingizni tasdiqlaganingizdan so‘ng, avtomatik tarzda siz Framework va ORM kurslariga a’zo bo‘lib qolasiz

- Qudratxo‘janing "Magistratura" kursini sotib olgan bo‘lsangiz iltimos mana bu yerga murojaat qiling: @mentorgo_sarvinoz

- Savollar bo‘lsa shu yerda qoldiringiz mumkin yoki @skillupsupport_bot ga yozsangiz iloji boricha tezda hal qilishga harakat qilamiz.

Fikr va mulohazalarga mamnun bo‘lamiz.

https://skillup.uz
👍 46
🔥 16
7
👏 7
😢 1
16 24 13.8K
J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
01.12.2025 14:15
Advent of Code boshlandi.

Bugun birinchi dekabr va bugundan boshlab AOC boshlandi. Keyingi 12 kun davomida har xil qiziq dasturlash masalalari chiqadi.

Ularni ishlab o'zimizning volontyorlar tomonidan taqdim qilinadigan sovg'alarni ham yutib olishingiz mumkin.

Sovg'alar va qatnashish haqida bu yerda ma'lumot olishingiz mumkin:

@vovopapcom935

AOC tugagandan so'ng Top 10 talik bilan meetup ham bo'ladi.

@jakhonrakhmonov
🔥 45
6
👏 5
10 17 12.9K