J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
11.12.2025 14:33
SkillUp platformasini biroz o‘zgartirdik.

Birinchi versiyasida faqat kurslar bor edi. Yangi versiyasining markazida esa "Hamjamiyat" tushunchasi turadi.

Siz biror bir hamjamiyatga a’zo bo‘lib premium maqolalar, ichki streamlar, AMA lar va boshqa manfaatli kontentlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Kontent creator sifatida esa o‘z hamjamiyatingizni yaratib kontentingizdan foyda ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Qiziqqan content creatorlar jrahmonov2@gmail.com ga yozishlari mumkin. Kelajakda avtomatlashtiramiz.

Umid qilamanki bu versiyasi kontent qiladiganlarni sifatli premium darajadagi kontent yaratishga undaydi va hamjamiyat a’zolariga shunday yuqori darajadagi kontentni iste’mol qilishga imkoniyat yaratadi. Win-win.

Hozir hamjamiyatlar soni ko'p emas. Sekin sekin ularning sonini ko‘paytiramiz. Ichidagi kontent ham ko‘payib boradi. Masalan ma’qolalarni faqat o‘sha yerda yozib boraman endi.

Eski versiyada kurs sotib olganlar diqqatiga:

- Emalingizni tasdiqlaganingizdan so‘ng, avtomatik tarzda siz Framework va ORM kurslariga a’zo bo‘lib qolasiz

- Qudratxo‘janing "Magistratura" kursini sotib olgan bo‘lsangiz iltimos mana bu yerga murojaat qiling: @mentorgo_sarvinoz

- Savollar bo‘lsa shu yerda qoldiringiz mumkin yoki @skillupsupport_bot ga yozsangiz iloji boricha tezda hal qilishga harakat qilamiz.

Fikr va mulohazalarga mamnun bo‘lamiz.

https://skillup.uz
👍 46
🔥 16
7
👏 7
😢 1
16 24 13.8K

Обсуждение 16

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram