J
Jakhongir Rakhmonov - IT
@jakhonrakhmonov
13.01.2026 16:36
Amazon vs Nvidia

Mana 6 oy ham o'tibdi Nvidiada ish boshlaganimga. Shu furstadan foydalanib ota-onamga, oilamga, prezidentimizga...

Kechirasiz. Chalg'ib ketdim.

Eski ishxonamga, yani Amazonga, ozgina solishtirsam degan edim.

Albatta bu mening shaxsiy fikrim. Hamma uchun to'g'ri degani emas.

Hullas, Amazonda hamma narsada tartib bor. Hamma narsa chizib qo'yilgan, yozib qo'yilgan va hokazo. Agar yozib chizib qo'yilmagan bo'lsa nima qilish kerakligi yozib chizib qo'yilgan.

Nvidiada sal boshqacha. Nvidiada ko'proq Chaos bor. Tarjimasi betartiblik. Lekin unaqa yomon narsa emas qandaydir. Yaxshi chaos. Hamma o'rganib qolgan bu chaosga.

Amazon "Aytganimni qil bratishka" deydi.

Nvidia "Bilganingizni qiling" deydi.

Kunni ohirida ikkalasi ham sizdan ishingizni sifatli va vaqtida qilishingizni, eng asosiysi "ownership" kutadi.

@jakhonrakhmonov
😁 245
🔥 68
🤣 45
👍 24
🍾 12
6
🤩 4
3
35 25 12.8K

Обсуждение 35

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram