avatar
Ishtixon tuman hokimligi
@ishtixontumanhokimligi
вчера, 10:30
#Shaxsiy_qabul

🗣 Xalq murojaatlari doimiy e’tiborda

Ishtixon tumanida aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosarlari Suhrob Ochilov hamda Vahob Tursunovlar ishtirokida navbatdagi shaxsiy qabullar tashkil etildi.

Qabullar davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy, kommunal soha, bandlik, tadbirkorlik hamda kundalik hayotga oid turli masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Ayrim masalalar shu joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar belgilangan tartibda nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borish, ularning muammo va takliflarini eshitish hamda amaliy yechim topish davlat organlari faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

📌 Har bir murojaat — e’tibor, mas’uliyat va amaliy yechim talab etadigan masaladir.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram* |Facebook*
2
👍 1
🔥 1
2 1.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Ishtixon tuman hokimligi

9K
Veb-sayt: www.ishtixon.uz

Facebook*: www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi

Murojaat:https://t.me/Ishtixontumanhokimligi_bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram