avatar
Ishtixon tuman hokimligi
@ishtixontumanhokimligi
сегодня, 15:05
35 YILLIK BUYUK YO‘L: ISHONCH, ISLOHOT VA YANGI BOSQICH

Mustaqilligimizning 35 yilligi — bu shunchaki tarixiy sana emas. Bu o‘z taqdirini o‘zi belgilash, taraqqiyot va yangilanish sari dadil qadam tashlagan xalqimizning bosib o‘tgan buyuk yo‘liga nazar solish, bugungi yutuqlarimizni anglash va ertangi maqsadlarimizni belgilash fursati.

O‘ttiz besh yil avval boshlangan mustaqillik yo‘li bugun Yangi O‘zbekistonning yangi qiyofasi, yangi tafakkuri va yangi taraqqiyot bosqichi bilan uyg‘unlashib bormoqda. Bu jarayonda har bir sohada, jumladan, soliq tizimida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Ayniqsa, so‘nggi 5–6 yil davomida soliq tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi. Soliq munosabatlarida ochiqlik va adolat, inson manfaati va tadbirkorlik erkinligi, raqamlashtirish va shaffoflik kabi tamoyillar tobora mustahkam qaror topdi. Soliq organlari va soliq to‘lovchi o‘rtasidagi munosabatlar ham yangi mazmun kasb etdi.

Bu islohotlarning zamirida, avvalo, davlat boshqaruviga yangicha yondashuv, inson qadrini ulug‘lash va iqtisodiy taraqqiyot uchun qulay muhit yaratish g‘oyasi mujassam. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar soliq tizimini ham zamon talablariga mos ravishda yangilash va uni xalqqa yanada yaqinlashtirishda muhim omil bo‘ldi.

Zero, zamonaviy soliq tizimi — bu faqat soliqlarni hisoblash va undirish mexanizmi emas. U davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchning iqtisodiy ifodasidir. Fuqaro soliq to‘layotganda uning mablag‘i mamlakat taraqqiyotiga, farzandlar kelajagiga, obod mahallalar va farovon hayotga xizmat qilayotganiga ishonsa — soliq madaniyati ham, jamiyat mas’uliyati ham yuksaladi.

Bugun biz ana shu ishonch muhitini shakllantirish yo‘lidamiz.

Har birimiz — soliq tizimining bir bo‘lagimiz. Kimdir soliq to‘lovchi sifatida, kimdir shu tizimda mehnat qilayotgan xodim sifatida, yana kimdir mamlakat taraqqiyotiga o‘z mehnati bilan hissa qo‘shayotgan fuqaro sifatida bu jarayonning ishtirokchisidir.

35 yillik mustaqillik tarixi bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: taraqqiyot tayyor holda berilmaydi — u xalqning mehnati, ishonchi, mas’uliyati va ezgu maqsadlari bilan barpo etiladi.

Bugun soliq tizimidagi har bir islohot ham ana shu katta maqsad — Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy qudrati, xalq farovonligi va barqaror kelajagiga xizmat qilmoqda.

Ishonchimiz komilki, xalq ishonchi bilan kuchga kirib, zamonaviy tamoyillar asosida rivojlanayotgan soliq tizimi bundan keyin ham O‘zbekiston taraqqiyotining muhim tayanchlaridan biri bo‘lib qoladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram* |Facebook*
3
👍 2
3 1.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ishtixon tuman hokimligi
@ishtixontumanhokimligi
сегодня, 14:00
Ishtixon tumani prokuraturasi tomonidan PQ-49-son qarori doirasida ijtimoiy yordamga muhtoj, tarkibida I-guruh nogironi bo‘lgan xonadonlarni yashil energetika mezonlariga mos ravishda ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida mas’ullarga ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z muddatida amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ishlarni jadallashtirish hamda ehtiyojmand xonadonlar uchun yaratilayotgan sharoitlarning sifatli bo‘lishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram* |Facebook*
1
1
4 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ishtixon tuman hokimligi
@ishtixontumanhokimligi
сегодня, 10:10
Eʼlon! 

📱Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi serverlarida navbatdan tashqari profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 17-avgustiga qadar my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.
  
⚙️ Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram* |Facebook*
3
26 3.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ishtixon tuman hokimligi
@ishtixontumanhokimligi
сегодня, 05:05


#Биласизми #Амал_қилинг

Ота-она ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар томонидан никоҳ ёшига етмаган шахсни эрга бериш ёхуд уйлантириш БҲМнинг 7 бараваридан 15 бараваригача жарима солишга сабаб бўлади.

⚠️ Маълумот учун, никоҳ ёши эркаклар ва аёллар учун 18 ёш этиб белгиланган.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram* |Facebook*
1
4 2.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ishtixon tuman hokimligi
@ishtixontumanhokimligi
сегодня, 02:25
Bugun,  12 - avgust kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

☀️ +38°...+26°, Ochiq havo

Hozir: ☀️ +26°, ↖️ 1.3 m/s

Tong: ☀️ +32°
Kun: ☀️ +38°
Oqshom: ☀️ +36°
Namlik: 10%
Shamol: Shimoli-sharqiy, 6.8 m/s
Bosim: 755 mm sim. ust.

Oy: Yangi oy
Quyosh chiqishi: 05:41
Quyosh botishi: 19:33

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram* |Facebook*
1
1 2.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ishtixon tuman hokimligi
@ishtixontumanhokimligi
вчера, 13:00
Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz bozorida barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga uglevodorod resurslarini uzluksiz yetkazib berish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам обеспечения стабильности на нефтегазовом рынке, бесперебойного снабжения отраслей экономики и населения углеводородными ресурсами.

#Mirziyoyev #taqdimot #neftgaz #barqarorlik

Prezident.uz|Facebook*|Instagram*|YouTube|X
2
🔥 1
2.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ishtixon tuman hokimligi
@ishtixontumanhokimligi
вчера, 12:00
📌 Муҳим лайфҳак: ишга кираётганда фақат бугунги маошни эмас, келажагингизни ҳам ўйланг!

Қаҳрамонларимиз Хасан ва Хусан бир хил касбда, бир хил муддат меҳнат қилди. Аммо уларнинг танлови бошқача бўлди:

✅ Хасан расмий ишлади — унга меҳнат стажи юритилди, иш ҳақини расмий олди ва унинг учун иш берувчиси ижтимоий солиқ тўлади. Натижада у пенсия ёшида муносиб пенсияга эга бўлди.

❌ Хусан норасмий ишлади — маошини қўлига ("конверт" шаклида) олди, бироқ меҳнат стажи шаклланмади ва келажакдаги пенсияси учун етарли асос яратилмади.

Хусаннинг ҳолига тушмаслик учун доимий равишда:

сиз билан қандай шаклда меҳнат шартномаси расмийлаштирилганини текширинг;
иш ҳақингизни тўлиқ расмий олаётганлигингизга эътибор беринг;
меҳнат стажингиз электрон тизимда акс этаётганини назорат қилинг.

Унутманг! Норасмий иш бугун қулай кўриниши мумкин, аммо унинг салбий оқибати пенсия ёшида билинади.

#расмиймеҳнат #меҳнатстажи #пенсия #келажаккафолати
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram* |Facebook*
5 2.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ishtixon tuman hokimligi
@ishtixontumanhokimligi
вчера, 10:30
#Shaxsiy_qabul

🗣 Xalq murojaatlari doimiy e’tiborda

Ishtixon tumanida aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosarlari Suhrob Ochilov hamda Vahob Tursunovlar ishtirokida navbatdagi shaxsiy qabullar tashkil etildi.

Qabullar davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy, kommunal soha, bandlik, tadbirkorlik hamda kundalik hayotga oid turli masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Ayrim masalalar shu joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar belgilangan tartibda nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borish, ularning muammo va takliflarini eshitish hamda amaliy yechim topish davlat organlari faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

📌 Har bir murojaat — e’tibor, mas’uliyat va amaliy yechim talab etadigan masaladir.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram* |Facebook*
2
👍 1
🔥 1
2 1.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Ishtixon tuman hokimligi

9K
Veb-sayt: www.ishtixon.uz

Facebook*: www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi

Murojaat:https://t.me/Ishtixontumanhokimligi_bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram