avatar
Iqtisodchi Kundaligi
Переслано от канала
08.04.2026 20:29
​​Urushda albatta Eron g'olib bo'ldi. Urushdan oldingi vaziyatini yaxshilab oldi desa ham bo'ladi. AQSh hech narsa, biror narsa yutgani yo'q, bir nechta soldat o'ldi, milliardlab dollar yoqotildi, siyosiy kapital ham, bir necha ming begunoh odam mintaqada o'ldi, uran qoldi va yadro quroli yaratish salohiyati faqat oshdi.

Eng muhimi Eron Hormuzda mutlaqo nazoratni mustahkamlab endi u yerdan o'tadigan har bir kemadan o'lpon to'lashni talab qilayotgan ekan. Kriptoda yana. Amerikaliklar har safar benzin olgani zapravkaga kirsalar Eron hukumatiga boj to'lab chiqqandek bo'ladilar. Yo'q joydan. Ya'ni, shu qo'rqitilgan yadro qurolini yaratish salohiyatiga AQSh bevosita yordam berib qolgandek, qo'shimcha tushum manbasini yaratib berib.

Barakalla, art of the deal emish. Obamaning kelishuvidan bir necha barobar yomonroq kelishuv.

Vyetnamdan keyin AQSh hali bunchalik sharmanda bo'lmagan bo'lsa kerak. Bu tinchlik bitimi emas, bu sharmanda bo'lish akti.

@uzbekonomics
👍 106
58
👏 30
🥰 4
88 7.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram