avatar
Iqtisodchi Kundaligi
@iqtisodchi_kundaligi
03.04.2026 21:43
Iqtisodchi Kundaligi Ko'chada 2026 yil. Shaxsni tasdiqlash uchun FaceID, ko'ziga qarab tasdiqlash mumkin bo'lgan zamonda yashayapmiz. Bank ilovamdan foydalanish va unga kira olish uchun, bank binosiga, bankomatga borib kartamni tiqib keyin telefon raqamimni tasdiqlash kerakligi juda axmoqona yo'l. @uzbekonomics
Ayniqsa chet elda bo’lsangiz.

Yaqinda O’monda bo’lganimda favqulodda chipta olishim kerak bo’lib qoldi. Yaxshiyam AQSh banklari kartalari bor ekan - tranzaksiyani tasdiqlash uchun sms kerak emas edi. O’zbek va BAA bank kartalarimda esa sms majburligi sababli kerakli tranzaksiyani amalga oshira olmadim.

Ukamda ham shunga o’xshagan xolat bo’lgan edi. Fransiyada edi va favqulodda chipta olishi kerak edi, sms kelmay qoldi. Yaxshiyam internet bor, men olib berdim. Lekin sms kelishini majburiy qilish o’zi bir absurd. Uni ustiga endi hamma odam o’z nomiga sim karta olish kerak.

Korporativ mijozlar nima qiladi? O’n minglab vatandoshlarimizni telefonlariga ishxona to’laydi. Deyarli barcha katta ishxonalarda shunday. Endi har bir odam, ish uchun bir sim karta, bank uchun boshqa sim karta olishga majbur. Lekin nimaga?

Balki telekomunikatsiya korxonalari mazza qilar, lekin O’zbekistonliklarni bu choralar xavfsizroq qilmaydi, noqulaylik tug’diradi, xarajatini oshiradi.

Man o’ylaymanki, chet elda vaqtincha yashovchilarni hayoti ham shu masalada o’rganilishi kerak. Chet elda yashovchi O’zbekistonliklar bir yilda vatanga 18 milliard dollar pul yuborishdi. Bu oxirgi o’n yildagi to’gridan to’gri investitsiyalarsan kattaroq miqdor. YAIMni katta qismi. Ular bizni faravonligimizga qo’shayotgan hissasi beqiyos. Lekin bu chora ularni qiynaydi. Yilda, uch yilda bir keladigan odam nima qiladi?

Ko’pi hozir chet elda, qachon kelishi no aniq. Nomalum sabablarga ko’ra o’z banki xizmatlaridan endi foydalana olmaydi. Bu qaror qancha ming odamni hayotini qiyinlashtiradi. Uyga pul yuborishni naqd orqali qilishiga to’g’ri keladi.

O’zi chet eldan o’zbek bank ilovalariga kirish taqiqi ham, shunday xatolik edi.

Qimmat, noqulay va mantiqsiz choralar “xavfsizlik” sousi ostida qabul qilinaverishi to’xtashi kerak.
👍 107
84
🔥 23
👏 19
43 16.9K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram