avatar
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
@ijtimoiyhimoya_agentligi
11.04.2026 17:03
Respublika bo’ylab superviziya va uning Ijtimoiy ishdagi o’rni mavzusidagi treninglar start oldi

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan 9–10-aprel kunlari Samarqand shahrida “Ijtimoiy ish ta’limi, superviziya va kasbiy rivojlanish” mavzusida trening tashkil etildi. Muntaqaviy trening Samarqand va Jizzax viloyatlarida faoliyat yurituvchi supervayzerlarni qamrab oldi.

���� Mazkur seminar Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabining maxsus bo‘lim direktori, xalqaro ekspert Lyudmila Kim tomonidan olib borildi.

emoji Trening ijtimoiy ish sohasidagi supervayzerlar hamda “Ijtimoiy ish” yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishdan iborat bo‘
ldi.

Trening davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
kompetensiyaga asoslangan ta’lim va amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish;
travmaga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ijtimoiy ish amaliyoti;
motivatsion intervyu va uning superviziya jarayonidagi o‘rni.

Keyingi trening 13-14-aprel kunlari Xorazm viloyati Urganch shahrida Qoraqalpog’iston Respublikasi supervayzerlari ishtirokida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

telegram    instagram*  
facebook*   xcom
youtube     ihma.uz
👍 8
6
👏 4
7 3.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

34.4K
Открыть в Telegram