Parvarishga muhtojlar uchun yangi imkoniyat: Buxoroda kunduzgi markaz
Buxoro tumani “Rabotak” mahallasida tashkil etilgan
kunduzgi qatnov asosida qarab turish markazida 18 yoshdan katta, parvarishga muhtoj shaxslarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Markaz faoliyati kunduzgi qatnov asosida yo‘lga qo‘yilib,
xizmat oluvchilarning sog‘lig‘ini tiklash, ruhiy holatini mustahkamlash hamda mustaqil hayotga tayyorlashga qaratilgan.
Markazda
Yaponiya tajribasi asosidagi zamonaviy parvarish va reabilitatsiya metodikalari qo‘llanilmoqda. Ushbu tashabbus
tadbirkor Ro‘zi Xidirov tomonidan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, asosiy maqsad fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashdan iborat.
Tumandagi
“Qavola Maxmud” mahallasida yashovchi
Axtam aka Hamidov markaz xizmatlaridan foydalana boshlagach, bir necha oy ichida o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsata oladigan darajaga yetdi.
Bu kabi ijobiy o‘zgarishlar nafaqat xizmat oluvchilar, balki ularning oila a’zolari uchun ham katta qulaylik yaratmoqda.
�
telegram �
instagram*
�
facebook* �
xcom
�
youtube �
ihma.uz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram