#VoiceUp2026
#Inklyuziv_yoshlar_oromgohi
“Voice Up – 2026” inklyuziv yoshlar oromgohi davom etmoqda
Oromgohning ikkinchi kuni ishtirokchilar uchun ertalabki badantarbiya bilan start olib, ularga tetiklik va yuqori kayfiyat ulashdi.
Dastur doirasida tashkil etilgan mentorlik sessiyalari tashkil etilib, ushbu mashg‘ulotlarda ishtirokchilar loyiha yozish, uni puxta ishlab chiqish, va samarali taqdim etish bo‘yicha muhim bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Tajribali mentorlarning tavsiyalari va real misollarga asoslangan yondashuvi yoshlarning o‘z g‘oyalarini aniq loyihalarga aylantirishida katta turtki bo‘lmoqda.
Kun davomida esa ishtirokchilar uchun
“Zakovat” intellektual o‘yini ham tashkil etildi. Ushbu o‘yin yoshlarning bilimini sinovdan o‘tkazish bilan birga, jamoaviy ishlash va tezkor fikrlash ko‘nikmalarini ham rivojlantirdi.
“Voice Up – 2026” nafaqat bilim, balki motivatsiya, yangi do‘stlar va unutilmas taassurotlar maskaniga aylanmoqda!
�
telegram �
instagram*
�
facebook* �
xcom
�
youtube �
ihma.uz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram