avatar
ICRICH
Переслано от Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
02.08.2026 18:18
O‘tkir Tohirov “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi O‘tkir Tohirovning 85 yillik tavalludi munosabati bilan madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev ustoz ijodkor xonadoniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida O‘tkir Tohirov madaniyat va san’at sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, milliy madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan hissasi hamda mutaxassis kadrlar tayyorlashdagi xizmatlari uchun madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Suhbat davomida ustozning o‘zbek madaniyati rivojiga qo‘shgan xizmatlari alohida e’tirof etildi. U turli yillarda madaniyat tizimida mas’ul lavozimlarda samarali faoliyat yuritib, askiya va dorbozlik san’atini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan.

Shuningdek, uning tashabbusi bilan ko‘plab ko‘rik-tanlovlar va askiya kechalari yo‘lga qo‘yilgan. Musiqa folklori va an’anaviy ijrochilik namunalarini to‘plash bo‘yicha ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etilgan. Ustoz tavsiyalari bilan ko‘plab badiiy havaskorlik jamoalari “Xalq” va “Namunali” unvonlariga sazovor bo‘lib, o‘zbek san’atini xorijda munosib namoyish etgan.

Bugungi kunda 7 nafar farzand, 22 nafar nabira va 21 nafar evaraning sevimli bobosi bo‘lgan O‘tkir Tohirovni Madaniyat vazirligi jamoasi 85 yillik tavalludi bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘liq, uzoq umr va xonadoniga fayzu baraka tilaydi.


TelegramInstagram*Facebook*Veb-sayt | YouTube | Mediabank
👍 16
3 210
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

ICRICH

688
🔸Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti

🔸Institute for Cultural Research and Intangible Cultural Heritage (ICRICH), Uzb

🔸Научно-исследовательский институт культурологии и нематериального культурного наследия, Узбекистан
Открыть в Telegram