ICRICH
@icrichuzb
1 89
Mustaqillik — xalqimizning erkinligi, milliy g‘ururi, tinch va farovon hayoti hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.
Xalq xotirasida yashayotgan meros ilmiy ekspeditsiyalar orqali hujjatlashtiriladi, tadqiq etiladi va yangi avlodga yetib boradi.
📚 Konferensiyada Qo‘qon adabiy muhitining tarixiy va ilmiy merosi, folklor, maqom, an’anaviy ijrochilik, til va madaniyat, shuningdek, nomoddiy madaniy merosni ilmiy o‘rganish, raqamlashtirish va targ‘ib etish masalalari muhokama qilinadi.
Yig‘ilishda institut direktori Botirjon Ergashev birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar, mavjud masalalar hamda ikkinchi yarim yillikning ustuvor vazifalari yuzasidan so‘z yuritib, ilmiy faoliyat samaradorligi va ijro intizomini yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Iroda Dadajonova hamda tashkiliy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilshodjon Karimov o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha hisobot taqdim etdilar.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi O‘tkir Tohirovning 85 yillik tavalludi munosabati bilan madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev ustoz ijodkor xonadoniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida O‘tkir Tohirov madaniyat va san’at sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, milliy madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan hissasi hamda mutaxassis kadrlar tayyorlashdagi xizmatlari uchun madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Suhbat davomida ustozning o‘zbek madaniyati rivojiga qo‘shgan xizmatlari alohida e’tirof etildi. U turli yillarda madaniyat tizimida mas’ul lavozimlarda samarali faoliyat yuritib, askiya va dorbozlik san’atini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan.
Shuningdek, uning tashabbusi bilan ko‘plab ko‘rik-tanlovlar va askiya kechalari yo‘lga qo‘yilgan. Musiqa folklori va an’anaviy ijrochilik namunalarini to‘plash bo‘yicha ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etilgan. Ustoz tavsiyalari bilan ko‘plab badiiy havaskorlik jamoalari “Xalq” va “Namunali” unvonlariga sazovor bo‘lib, o‘zbek san’atini xorijda munosib namoyish etgan.
Bugungi kunda 7 nafar farzand, 22 nafar nabira va 21 nafar evaraning sevimli bobosi bo‘lgan O‘tkir Tohirovni Madaniyat vazirligi jamoasi 85 yillik tavalludi bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘liq, uzoq umr va xonadoniga fayzu baraka tilaydi.