H
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
23.04.2026 11:14
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Spin-off” korxonalariga grant ajratiladi


Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabrgacha har bir tuman (shahar)da texnikum va nodavlat qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar ustaxona-laboratoriyalari tashkil etiladi.

💸 Buning uchun kasb-hunar ustaxona-laboratoriyasini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorga BHMning 1 200 baravarigacha miqdorda 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga foizsiz ssuda ajratiladi.

🏛 2026-yildan tijoratlashtirish salohiyati yuqori bo‘lgan startap loyihalar asosida yangi mahsulotlar va texnika-texnologiyalarni yaratish uchun davlat texnikumlari huzurida “spin-off” korxonalarini tashkil etishga ruxsat beriladi. Bunda:

🔹 korxonalar ustav fondidagi davlat ulushini 5 yil muddat davomida xususiylashtirish man etiladi;

🔹 tegishli muassasalarning bo‘sh turgan bino va inshootlaridagi maydonlar 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ijaraga beriladi;

💰 Bundan tashqari, “spin-off” korxonalariga texnikum o‘quvchilarining startap loyihalarini amalga oshirish uchun Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha grant ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
6 1.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
H

Huquqiy axborot | Lotin

7.2K
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Открыть в Telegram