H
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
19.03.2026 09:58
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qog'ozsiz ish yuritishga o'tish jarayoni jadallashtiriladi


“Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qog'ozdan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (109-son, 18.03.2026-y.) qabul qilindi.

⏳ Qarorga ko'ra, 2026-yil 1-iyunga qadar:

🔹 ishlatilgan qog'ozlarni yig'ish uchun maxsus chiqindi quti (konteyner)lari tashkil etiladi va ularni qayta ishlash korxonalariga yetkazish tizimi yo'lga qo'yiladi;

🔹 har bir tarkibiy bo'linmadagi xodimlar soni, ish hajmi va haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda, qog'oz sarfi uchun cheklov joriy qilinadi.

2026-yil 1-maydan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida:

🔸 kelgusi 5 yilda xarajatlar smetasini tuzish jarayonida qog'oz, siyoh, printer va nusxa ko'chirish uskunalarini xarid qilish xarajatlari miqdori har yili 15 foizga kamaytirilgan holda rejalashtiriladi;

🔸 printerlardan markazlashgan holda umumiy foydalanish tizimi joriy qilinadi. Bunda umumiy foydalanishdagi ochiq ofisda faoliyat yurituvchi har 20 nafar xodim uchun 1 dona printer ajratiladi;

🔸 har oyda 1 marotaba "Qog'ozsiz bir kun" ekoaksiyasi o'tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
34 2.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
H

Huquqiy axborot | Lotin

7.2K
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Открыть в Telegram