avatar
Hilola Umarova
@hilola_umarova
20.07.2026 13:51
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan oliy malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilar Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining magistraturasida masofadan o‘qishi mumkin.

Mutaxassisliklar quyidagicha:

• Pedagogika nazariyasi va tarixi;

• Pedagogika;

• Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim);

• Oʻzbek tili va adabiyoti;

• Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish (huquq ta'limi);

• Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (tarix);

• Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (matematika);

• Ta’limda axborot texnologiyalari;

• Testologiya va bilimlarni baholash.
 
Abituriyentlar 2026-yil 30-iyulga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz platformasi yoki my.gov.uz portali orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Ariza topshirish uchun quyidagilar talab etiladi:
– Umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritilayotgan bo‘lishi;
– Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xalqaro akkreditatsiyalangan tizimi orqali 2025-yil 1-yanvardan keyin oliy malaka toifasi berilgan bo‘lishi.

@hilola_umarova
👍 34
👏 6
🏆 1
10 368 17K
avatar
Hilola Umarova
@hilola_umarova
10.07.2026 11:53
Endilikda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilari pedagogika sohasida maqsadli magistraturaga qabul qilinadi. Oʻqish Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida 2026/2027-oʻquv yilidan boshlanadi.

Ushbu yangilik e’lon qilingach juda koʻp ustozlarimiz turli savollar bilan murojaat qilishmoqda.

Bu imkoniyat aynan kimlar uchun? Oʻqish qay tartibda yoʻlga qoʻyiladi? Chet tilini bilish sertifikati ham kerakmi? Nechta yoʻnalish bor? Shu va boshqa savollarga oʻzim javob berishga qaror qildim.
 
Arizalar 10-iyuldan 30-iyulga qadar magistr.edu.uz yoki myedu.uz manzillarida qabul qilinadi.

Yana biror savolingiz boʻlsa universitetimizning +998 (71) 202-44-21 raqamlariga bemalol qoʻngʻiroq qilib javob olishingiz mumkin.
 
Aziz ustozlar, ushbu imkoniyat sizlar uchun, barchangizga omad tilaymiz!
 
@hilola_umarova
👍 75
🤝 11
👏 8
🎉 4
🕊 1
17 380 17.9K
09.07.2026 07:25
Talabalar tashabbuslari universitet rahbariyati e’tiborida
 
Bugun universitetimiz rektori Hilola Umarova universitet Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti faollari bilan muloqot qildi.
 
Universitet yoshlari yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan rejalar, talabalarni qo‘llab-quvvatlash, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy salohiyati, liderlik ko‘nikmalari hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan takliflarini taqdimot shaklida namoyish etdi.
 
⚡️ Muloqot davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan bir qator tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

emoji Xususan, Yangi o‘quv yilidan “Top-100 start-up yosh pedagoglar”, “Summer Camp” va “Yangi avlod pedagoglari” kabi loyihalarni amalga oshirish, talabalarning innovatsion g‘oyalari va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi.
 
✨ G‘oya tug‘ilgan joyda imkoniyat paydo bo‘ladi. Imkoniyat bor joyda esa o‘zgarish boshlanadi. Bu uchrashuv ana shunday o‘zgarishlarga poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram* | You Tube | Facebook*
👍 51
👏 16
🎉 6
💯 5
🏆 4
🤗 2
👌 1
14 24 4.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
07.07.2026 14:08
Taʼlim forumi doirasida pedagogika oliygohlari faoliyatini takomillashtirish, transformatsiya jarayonlari va ta'lim sifati kabi bir qator ustuvor yo'nalishlarda rektorlar muloqoti bo‘lib o‘tdi

Muloqot davomida pedagogik taʼlimni yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash, bitiruvchilar bandligini taʼminlash hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

emoji Shuningdek, pedagogika oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, taʼlim, ilm-fan va innovatsion faoliyat yoʻnalishlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

✨ Mazkur hujjatlar universitetlar oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, tajriba almashish va pedagogik taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram* | You Tube | Facebook*
👍 55
👌 6
💯 4
👏 3
🕊 3
1
🏆 1
4 18 3.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Hilola Umarova
Переслано от Edu.uz
07.07.2026 12:02
SamDPI talabasi — YuNESKO e’tiborida!

Samarqand davlat pedagogika instituti talabasi Munis Sultonovning qo‘l mehnati bilan yaratilgan maxsus sovg‘asi bugun YuNESKO Bosh direktori Xolid al-Ananiyning xizmat xonasidan o‘rin oldi.


Ushbu yutuq Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan alohida e’tirof etildi.

Batafsil videoda

Bizni kuzating

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
👍 37
👏 6
🕊 2
🏆 1
12 3.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Hilola Umarova

17.4K
👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori
Открыть в Telegram