Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan
oliy malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilar Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining magistraturasida
masofadan o‘qishi
mumkin.
Mutaxassisliklar quyidagicha:
• Pedagogika nazariyasi va tarixi;
• Pedagogika;
• Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim);
• Oʻzbek tili va adabiyoti;
• Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish (huquq ta'limi);
• Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (tarix);
• Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (matematika);
• Ta’limda axborot texnologiyalari;
• Testologiya va bilimlarni baholash.
Abituriyentlar 2026-yil
30-iyulga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz platformasi yoki
my.gov.uz portali orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ariza topshirish uchun quyidagilar talab etiladi:
– Umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritilayotgan bo‘lishi;
– Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xalqaro akkreditatsiyalangan tizimi orqali 2025-yil 1-yanvardan keyin oliy malaka toifasi berilgan bo‘lishi.
@hilola_umarova
Обсуждение 10
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram