Talabalar tashabbuslari universitet rahbariyati e’tiborida
Bugun universitetimiz rektori Hilola Umarova universitet Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti faollari bilan muloqot qildi.
Universitet yoshlari yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan rejalar, talabalarni qo‘llab-quvvatlash, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy salohiyati, liderlik ko‘nikmalari hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan takliflarini taqdimot shaklida namoyish etdi.
⚡️ Muloqot davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan bir qator tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Xususan, Yangi o‘quv yilidan “Top-100 start-up yosh pedagoglar”, “Summer Camp” va “Yangi avlod pedagoglari” kabi loyihalarni amalga oshirish, talabalarning innovatsion g‘oyalari va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi.
✨ G‘oya tug‘ilgan joyda imkoniyat paydo bo‘ladi. Imkoniyat bor joyda esa o‘zgarish boshlanadi. Bu uchrashuv ana shunday o‘zgarishlarga poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt |
Telegram |
Instagram* |
You Tube |
Facebook*
Обсуждение 14
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram