avatar
Hilola Umarova
@hilola_umarova
23.06.2026 14:09
Bugun “O‘zbekistonda ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimidagi islohotlarni jadallashtirish” mavzusidagi Milliy forum o‘z ishini boshladi.

Forumda mahalliy va xorijiy ekspertlar, OTM rektorlari ishtirok etmoqda. Biz ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalarini muhokama qildik.

Bundan tashqari Britaniya Kengashi dasturi asosida ishlab chiqilgan bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashga ixtisoslashgan ta’lim dasturi taqdim etildi. Uni respublikamizdagi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida joriy etish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Forum ishi, dastur boʻyicha seminarlar ertaga ham davom etadi.

@hilola_umarova
👍 53
💯 8
👏 7
🏆 4
3
🤝 2
9 33 11.6K

Обсуждение 9

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Hilola Umarova

17.4K
👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori
Открыть в Telegram