avatar
Hasankhoja Muhammad Sodiq
@hasankhojaBlog
09.04.2026 13:51
Odob va xulq

Bugun o’quvchilarimdan so’radim:
Bizda ikki so’z bor bir-birini o’rnida almashtirilib ishlatiladi. Xulq va odob.
Xulq nima?
Odob nima?
Bu ikkisi ayni narsalarmi yoki farqlimi?


Bolalar turlicha javob berishdi. Oxiri javobni o’zimdan so’rashdi.

Izohlashni boshladim:

Odob - bu zohiriy sifatdir, ya’ni badandagi holat.

Xulq - bu botiniy sifatdir, ya’ni qalbdagi holat.

O’quvchilarga yana savol bilan murojaat qildim:
- Odam bir paytda ham badxulq, ham odobli bo’lishi mumkinmi, yoki aksincha
yaxshi xulqli bo’lib, ammo odobsiz bo’lishi mumkinmi?

- Mumkin emas deyishdi.

- Yana variantlar bormi, deb so’radim.

- Mumkin, deb qoldi bir o’quvchim.

- Birorta misol keltira olasanmi, deb so’radim.

Biroz o’yladi, ammo javob bera olmadi.

Yana davom ettirdim:
-To’g’ri aytdi.
Misol uchun, sizlar meni hurmat qilasizlar. Ichinglarda menga nisbatan samimiy tuyg’ular bor. Mana shu sizlar yaxshi xulqli ekanligizni bildiradi, ammo meni oldimda nojo’ya harakatlar qilsangizlar, masalan so’kinish, dars vaqtida saqich chaynash, gaplashib o’tirish holatlari yuzaga kelsa bu sizlarni odobsizlik holatiga tushiradi. Buni inson ba’zan e’tiborsizligidan, yoki bexabarligidan qilib qo’yadi. Bu sizni xulqli ekanligizni, ammo odobsiz bo’ladigan holatga misol edi.

Endi odobli bo’lasizku, ammo xulqsiz bo’lishingizga misol.

Kimgadir takalluf qilasiz, qo’lingiz ko’ksingizda salomlashasiz. Tabassum qilib gaplashasiz, ammo qalbingizda o’sha kishiga nisbatan izzat bo’lmaydi. Mensimaysiz. Buni bizni tilda tilyog’lamalik yoki ikkiyuzlmachilik deyiladi. Bu holat odatda noteng munosabatlarda uchraydi, masalan xo’jayin-hodim, amaldor-fuqaro, homiy-faqir…

Shuning uchun, e’tibor jihatdan xulq birinchi o’rinda, odob ikkinchi o’rinda turadi. Aksi bo’lsa yomon.

Yana savol berdim:
- Yaxshi xulqni ta’rifi nima?

Jimlik.

- Yaxshi xulqni ikki sifati bor:
Birovga zarar yetkazmasligi va zararni daf qilish. Misol uchun, birovni haqqini yemaslik yaxshi xulq bo’lganidek, kimdur birovni haqqini yeyotgan bo’lsa, unga qarshi turish ham yaxshi xulq hisoblanadi.

Ustozga nisbatan ham shu holatlar uchrab turadi.

Ba'zan ustozingizni ortidan g'iybat qilib qo'yasiz, yoki do'stingiz shu ishni qilib qo'yadi. SHu payt uni bu ishdan to'xtatishingiz husni xulq bo'ladi.

Endi bilgandirsizlar, nega dinimizni yarmi husni-xulq ekanligini...
🔥 46
👍 15
❤‍🔥 7
🥰 2
29 2.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Hasankhoja Muhammad Sodiq

6.1K
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Открыть в Telegram