avatar
Hasankhoja Muhammad Sodiq
@hasankhojaBlog
08.04.2026 16:33
Palov zo'r chiqishi uchun faqat guruch zo'r bo'lishi yetarli emas, faqat go‘shtni o'zi ham yetmaydi. Hammasi o‘z o‘rnida bo‘lishi kerak. Birgina ortiqcha tuz butun taomni buzadi. Hayot ham shunday: bilim, intizom, muhit, vaqt - hammasi birlashganda natija beradi. Bu - ko‘plab ingredientlarning to‘g‘ri nisbatda va to‘g‘ri tartibda bo‘lishi va aralashmani buzadigan narsalarning yo‘qligi.

Tarbiya ham xuddi shunday ishlaydi. Bolaga faqat nasihat yetmaydi, faqat mehr ham yetmaydi. Chegara, namuna, takror va muhit birga ishlaganda natija chiqadi. Birgina noto‘g‘ri signal - masalan, ota-ona aytganiga o‘zi amal qilmasa - butun ta’sirni susaytiradi.

Rahbarlikda ham bu qoida o‘zgarmaydi. Faqat strategiya bilan yutilmaydi, faqat motivatsiya bilan ham emas. Aniqlik, intizom, tizim va odamlar bilan munosabat uyg‘un bo‘lsa - jamoa ishlaydi. Birgina noto‘g‘ri qaror yoki adolatsiz muomala ishonchni pasaytiradi.

Ta’limda ham shunday. Faqat bilim berish yetarli emas. Tushuntirish, amaliyot, takror, fikrlash - barchasi birlashganda o‘quvchi o‘sadi. Faqat eshitgan bilim tez yo‘qoladi, tizimli o‘rganilgan bilim esa mustahkamlanadi.

Ibn Qayyim shunday deganlar: “Ilm amal bilan birga bo‘lmasa, foyda bermaydi.” Bu ham ayni shu fikrni ko‘rsatadi: elementlar birlashmasa, natija chiqmaydi.

Siyratda ham bu muvozanat aniq ko‘rinadi. Muhammad s.a.v. da’vatda hikmatni, sabrni, qat’iyatni va vaqtni birga qo‘llaganlar. Faqat bitta sifat emas, balki to‘g‘ri kombinatsiya natijani bergan.

Demak formula:

Muvaffaqiyat = (to‘g‘ri omillar × nisbat × tartib) - zararli odatlar
👍 19
🔥 11
❤‍🔥 6
26 2.9K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Hasankhoja Muhammad Sodiq

6.1K
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Открыть в Telegram