Ikki turdagi ish bor. Ba’zi ishlar boshlash bilan foyda beradi. Ba’zilari esa faqat tugatilganda qiymat beradi. Shuni ajrata olsangiz, natijangiz keskin o‘zgaradi.
Birinchisi - boshlashning o‘zi foyda beradigan ishlar. Bu yerda harakatning o‘zi natija.
Ikkinchisi - tugatmasangiz foyda bermaydigan ishlar. Bu yerda natija faqat oxirida chiqadi. Muammo shundaki, ko‘p odamlar bu ikkalasini aralashtirib yuboradi.
Boshlash orqali foyda beradigan ishlar: - Sport Siz 1 soat mashq qila olmaysiz. Shuning uchun umuman boshlamaysiz.
5-10 daqiqa mashq qiling. Natijada: tana faollashadi, odat shakllanadi, davomiylik paydo bo‘ladi
- Kitob o‘qish
Siz “vaqtim ko‘p bo‘lsa o‘qiyman” deysiz. Kuniga 5 sahifa o‘qing. Natijada: fikr kengayadi, o‘qish odati paydo bo‘ladi
- Yozish:
Siz mukammal post yozmoqchisiz, lekin boshlamaysiz. Boshlanishga 3-4 gap yozing. Natijada: fikr ochiladi, yozish osonlashadi, qisqa matn ham fikringizni tiniqlashtiradi.
Bu yerda eng muhim narsa - davomiylik. “Amallarning eng yaxshisi - oz bo‘lsa ham davomli bo‘lganidir.” Bu boshlash turidagi ishlar uchun aniq qoida.
Tugatish orqali foyda beradigan ishlar:
- Online kurs yaratish Siz 70% kurs yozdingiz. Lekin joylamadingiz. Natijada: daromad yo'q, 0 ta o‘quvchi. Kursni oddiy holatda bo‘lsa ham chiqarib yuboring.Natijada:daromad boshlanadi, feedback keladi - Kitob yozish
Siz yarim kitob yozdingiz. Natijada: hech kim o‘qimaydi, foyda yo‘q. Kamida birinchi versiyani tugating. Natijada: real mahsulot paydo bo‘ladi
- Biznes kelishuvi
Siz mijoz bilan gaplashdingiz, lekin bitimni yopmadingiz. Natijada: vaqt ketdi, foyda yo‘q. Aniq taklif bering va yakunlang. Natijada: pul topiladi, aloqalar mustahkamlanadi - Mas'uliyat Natija faqat yakunda ko‘rinadi. Daryoning o‘rtasigacha ko‘prik qurish foyda bermaydi. Qiymatni olish uchun mas'uliyatni yakunlash kerak.
Bu yerda eng muhim narsa - yakun. Hudaybiya sulhida sahobalar qurbonlik qilishda ikkilanib qolishdi. Suyukligimiz. o‘zlari birinchi bo‘lib qurbonlikni amalga oshirdilar va soch oldirdilar. Natijada: ish yakunlandi, boshqalar ham darhol ergashdi. Bu yerda tugatishning kuchi ko‘rinadi.
Ko‘plarni xatosi, boshlash kerak joyda kutadi, mukammal vaqt izlaydi va kechiktiradi. Tugatish kerak joyda esa tez zerikadi va ishni yarim tashlab ketadi. Natijada ular ko‘p boshlaydi, lekin kam yakunlaydi. Boshlash ishlarida mukammallik zarar. Tugatish ishlarida esa mukammallik emas, yakun muhim. Siz “yaxshi boshlovchi” bo‘lishingiz mumkin. Lekin natija “yaxshi tugatuvchi”dan chiqadi. Har bir ishni boshlashdan oldin o‘zingizdan so‘rang: - Bu ish boshlash bilan foyda beradimi?
- Yoki faqat tugatsamgina natija chiqadimi?
Agar birinchi tur bo‘lsa, darhol boshlang. Agar ikkinchi tur bo‘lsa, reja qiling va oxirigacha boring.
🔥29
👍15
❤🔥6
🎉1
28 2.5K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram