avatar
Hasankhoja Muhammad Sodiq
@hasankhojaBlog
04.04.2026 16:11
Siz qaysi “to‘lov”ga ko‘proq e’tibor berasiz?

Birinchi to‘lov - pul.
Bu ko‘rinadigan qism.

Ikkinchi to‘lov - vaqt.
Siz gaplashasiz, tushuntirasiz, kelishasiz.

Uchinchi to‘lov - obro‘.
Siz qanday muomala qilasiz, qanday so‘z turasiz, qanday odam sifatida esda qolasiz. Eng muhim qismi aynan shu oxirgisi. Chunki u keyingi barcha imkoniyatlarni ochadi.

Biznesda
Bir mijoz bilan ishlaysiz. Arzonroq qilib tez yopishingiz mumkin. Yoki biroz ko‘proq vaqt ajratib, sifatli xizmat berasiz. Birinchi variant tez pul beradi. Ikkinchi variant esa uzoq hamkorlik olib keladi.

Rahbarlikda
Rahbar vazifani tez yopishga urinadi. Lekin jamoaga e’tibor bermaydi. Natijada ish bajariladi, lekin ishonch kamayadi. Agar u odamlar bilan to‘g‘ri muomala qilsa: vaqt ko‘proq ketadi lekin jamoa mustahkam bo‘ladi

Bir uchrashuvda Siz tez chiqib ketishingiz mumkin. Yoki vaqt ajratib, diqqat bilan tinglaysiz. Ikkinchi holatda munosabat chuqurlashadi.

Ko‘p odamlar faqat birinchi to‘lovni ko‘radi. Ular narxga qaraydi va tez natijani xohlaydi. Lekin katta imkoniyatlar uchinchi to‘lovdan keladi. Obro‘ asta-sekin quriladi, lekin uzoq xizmat qiladi.

Siyratdan ham misol:
Payg'ambarimiz savdoda halollik bilan mashhur bo‘lganlar. U zot “Al-Amin” deb atalganlar, ya’ni ishonchli inson bo'lganlar. Bir kishidan Payg‘ambarimiz s.a.v. qarz oldilar va qaytarishni talab qilganda qattiqroq gapirdi. Sahobalar unga javob qaytarmoqchi bo‘lishdi. Lekin Payg‘ambarimiz s.a.v. dedilar: “Qo‘yinglar, haqqi bor odam gapiradi.” So‘ng qarzni yaxshiroq qilib qaytarishni buyurdilar. Natija: muomala - hurmat bilan bo‘ldi, obro‘ - yanada oshdi

Biroz ko‘proq vaqt ajrating. Biroz yaxshiroq muomala qiling. Bu Sizga qaytib keladi.

Dekak formula:
Qiymat = Pul + Vaqt + Obro‘
❤‍🔥 17
🔥 10
👍 2
🥰 2
17 2.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Hasankhoja Muhammad Sodiq

6.1K
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Открыть в Telegram