Siz har kuni kontent iste’mol qilasiz. Ko‘p qismi - yangi. Lekin eng foydali qismi ko‘pincha eski bo‘ladi.
Yangi kontent tez yetib keladi va e’tiborni tortadi. Siz yangiliklar, trend videolar va ijtimoiy tarmoqlarni tez-tez ko‘rasiz. Bu Sizni xabardor qiladi, lekin chuqurlik bermaydi.
Eski kontent esa sekinroq o‘qiladi, lekin fikrni o‘zgartiradi. Kitoblar, klassik maqolalar va sinovdan o‘tgan g‘oyalar vaqt o‘tishi bilan qiymatini yo‘qotmaydi.
Bu yerda muvozanat muhim. Yangi - xabardorlik beradi. Eski - chuqurlik beradi. Agar faqat qisqa videolar ko‘rsangiz, ko‘p narsa bilayotgandek tuyulasiz. Lekin amalda kam narsa o‘zgaradi. Agaz kitob o‘qisangiz, kamroq ma’lumot olasiz, lekin chuqurroq tushunasiz va qo‘llay boshlaysiz.
Ko‘p odamlar “yangi”ni “foydali” deb o‘ylaydi. Aslida esa ular boshqa narsa. Yangi kontent tez eskiradi. Chunki u ko‘pincha e’tibor uchun yaratiladi. Foydali kontent esa vaqt sinovidan o‘tadi. Bu bilimlar o‘n yildan keyin ham ishlaydi. Haqiqiy qiymat tezlikda emas, balki sifatda.
Kunlik kontentingizni ongli tanlang. Faqat oqimga ergashmang. Kun davomida vaqtni taqsimlash tavsiyasi: - 30 daqiqa - kitob
- 15 daqiqa - chuqur maqola
- 15 daqiqa - yangilik yoki ijtimoiy tarmoq
Demak formula:
Bilim sifati = (Eski × Chuqurlik) + (Yangi × Xabardorlik)
👍36
🔥3
1 21 2.9K
Обсуждение
1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram