Oʻquvchini yosh bola deb hisoblamang!
Hech eʼtibor berganmisiz, agar kimdir aytgan latifasini oxirida tushuntira boshlasa, u umuman kulgili boʻlmay qoladi.
Nega? Chunki latifaning mazasi uning magʻzini oʻzingiz chaqishingizda.
Matn ham xuddi shunday.
Agar siz oʻquvchiga hamma narsani chaynab, ogʻziga solib qoʻysangiz, uning oʻylash zavqini oʻldirasiz.
Ernest Hemingueyning mashhur
“Aysberg nazariyasi” bor:
Aysbergning ulugʻvorligi shundaki, uning faqat sakkizdan bir qismi suv ustida koʻrinadi, qolgani suv ostida yashirin.
Bu nazariya shunchaki “qisqa yozish” degani emas. Bu –
“Bilib turib aytmaslik” sanʼati.
Siz muallif sifatida qahramoningizning nonushtaga nima yeganini ham, bolalikdagi travmalarini ham bilishingiz shart.
Lekin bularning barini qogʻozga toʻkmaysiz. Siz aysbergning uchini koʻrsatasiz xolos.
Sir shunda:
Siz uning dardini bilganingiz uchun qahramon haqida shunchaki “suv ichdi” deb yozganingizda ham, oʻquvchi oʻsha harakat ortidagi ogʻirlikni his qil
adi.
@oriftolib |
Boshqa sahifalarimiz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram