avatar
GulDPI. uz | Rasmiy
@gulDPIuz
сегодня, 05:21


“DOLZARB 90 KUN” — YOZGI TA’TILDA BILIM ULASHAYOTGAN FAOL TALABALAR

Guliston davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich tashkiloti qoshidagi “Intellekt” volontyorlar klubi faol volontyorlari tomonidan Jizzax viloyati Zomin tumani Yoshlar markazida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ingliz tili to‘garagi mashg‘ulotlari izchil tashkil etilmoqda.

Mazkur mashg‘ulotlar yoshlarning xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda zamonaviy dunyoda munosib o‘rin egallashi uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.


Xorijiy til — bu shunchaki fan emas, balki yangi bilimlar, keng imkoniyatlar va katta marralar sari ochiladigan eshikdir.



Bizning sahifalarimiz:
http://www.gspi.uz
Telegram         Instagram*
Youtube           Facebook*
1
4 723
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
GulDPI. uz | Rasmiy
@gulDPIuz
сегодня, 04:13


TARIXNI O‘RGANISH YO‘LIDA SAYOHAT VA AMALIY TADQIQOT

Guliston davlat pedagogika instituti Tarix kafedrasi professor-o‘qituvchilari yozgi ta’til davrida ichki turizm doirasida yurtimizning tarixiy va madaniy meros obyektlariga sayohat hamda amaliy tadqiqot safarlarini amalga oshirdilar.

Safar davomida tarixiy obidalar va yodgorliklarning holati, saqlanish darajasi, me’moriy xususiyatlari hamda tarixiy-madaniy ahamiyati bevosita joyida o‘rganildi.

Sayohatlar davomida to‘plangan ma’lumotlar professor-o‘qituvchilarning ilmiy izlanishlari, amaliy tadqiqotlari hamda ta’lim jarayonini yanada boyitishga xizmat qiladi.



Bizning sahifalarimiz:
http://www.gspi.uz
Telegram         Instagram*
Youtube           Facebook*
👍 4
3 658
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
GulDPI. uz | Rasmiy
@gulDPIuz
вчера, 15:16


PRESIDENT AI AWARD 2026 — ARIZALAR QABULI BOSHLANDI!

Sun’iy intellekt sohasida innovatsion g‘oyaga ega yoshlar va jamoalar uchun “President AI Award — 2026” tanloviga arizalar qabuli boshlandi!

President AI Award 2026 — O‘zbekistondagi sun’iy intellekt sohasidagi eng istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik tanlov.

Umumiy mukofot jamg‘armasi — $1 000 000!

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Jamoa tarkibi: 3–8 kishi
O‘zbekiston fuqarolari yoki O‘zbekistonda doimiy yashash guvohnomasiga ega shaxslar

Ariza topshirish uchun:

Ishlayotgan MVP (Minimum Viable Product)
Loyihani taqdim etuvchi 3 daqiqalik video-pitch
GitHub repository havolasi
PDF formatdagi Pitch Deck
Loyiha logotipi

Barcha materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lishi kerak.

Arizalarni Awards.gov.uz platformasi orqali onlayn topshirishingiz mumkin.

Arizalar 15-avgustgacha qabul qilinadi!

Ro‘yxatdan o‘tish

Batafsil ma’lumot



Bizning sahifalarimiz:
http://www.gspi.uz
Telegram         Instagram*
Youtube           Facebook*
1
8 869
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
GulDPI. uz | Rasmiy
@gulDPIuz
вчера, 12:26
UMUMMILLIY ISH BERUVCHILAR SO‘ROVNOMASI DOIRASIDA O‘RGANISH JARAYONI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi doirasida Guliston davlat pedagogika institutida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida bitiruvchilarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalari, zamonaviy mehnat bozori talablariga mosligi hamda ish beruvchilar ehtiyojlari tahlil qilindi.

Shuningdek, kadrlar tayyorlash sifatini yanada takomillashtirish va mehnat bozori bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha fikr va takliflar o‘rganildi.



Bizning sahifalarimiz:
http://www.gspi.uz
Telegram         Instagram*
Youtube           Facebook*
2
3 830
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
GulDPI. uz | Rasmiy
@gulDPIuz
вчера, 12:26
UMUMMILLIY ISH BERUVCHILAR SO‘ROVNOMASI DOIRASIDA GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–76-son Farmoniga muvofiq, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan respublika miqyosida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda.

Mazkur so‘rovnoma doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan Guliston davlat pedagogika institutida o‘rganish ishlari olib borildi.

So‘rovnomaning asosiy maqsadi — oliy ta’lim tashkilotlari va texnikumlar bitiruvchilarining bilim, amaliy ko‘nikma va kompetensiyalarini ish beruvchilar fikri asosida baholash hamda ularning tayyorgarligi zamonaviy mehnat bozori talablariga qay darajada mos kelayotganini aniqlash.

O‘rganish doirasida bitiruvchilarning:
🔹 kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalari;
🔹 nazariy bilimlarni real ish vazifalarini hal etishda qo‘llay olishi;
🔹 kasbiy ma’lumotlar bilan ishlashi;
🔹 hamkasblar, rahbarlar va mijozlar bilan muloqot va hamkorlik qilishi;
🔹 kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasi hamda egallab turgan lavozimi talablariga muvofiqligi kabi jihatlar baholanishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, ish beruvchilarning kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflari hamda mehnat bozorining yaqin 3–5 yildagi ehtiyojlari o‘rganiladi.

So‘rovnoma natijalari oliy ta’lim tashkilotlari va texnikumlarning Milliy reytingida muhim indikatorlardan biri sifatida xizmat qiladi.




Bizning sahifalarimiz:
http://www.gspi.uz
Telegram         Instagram*
Youtube           Facebook*
3
3 653
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
GulDPI. uz | Rasmiy
@gulDPIuz
вчера, 12:11


“ENG YAXSHI TYUTOR” TANLOVIGA START BERILADI!

Guliston davlat pedagogika institutida faoliyat yuritayotgan tyutorlarning kasbiy mahorati, tashabbuskorligi, ijodkorligi, kitobxonlik madaniyati hamda targ‘ibotchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish maqsadida “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.

TANLOV QUYIDAGI NOMINATSIYALAR BO‘YICHA O‘TKAZILADI:

“Eng faol targ‘ibotchi tyutor”
“Eng faol kitobxon tyutor”
“Eng faol tashabbuskor tyutor”

TANLOV IKKI BOSQICHDA O‘TKAZILADI:

I bosqich — fakultet bosqichi
Oktabr oyining ikkinchi o‘n kunligida.

II bosqich — oliy ta’lim tashkiloti bosqichi
Noyabr oyining uchinchi o‘n kunligida.

Tanlovda ishtirok etuvchi tyutorlar tomonidan professional portfolio, nominatsiyaga oid hujjatlar, foto va video materiallar, sertifikatlar hamda erishilgan yutuqlarni tasdiqlovchi boshqa materiallar taqdim etiladi.


TANLOV G‘OLIBLARI belgilangan tartibda diplom, esdalik sovg‘alari hamda rag‘batlantirishlar bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etgan barcha tyutorlarga sertifikatlar topshiriladi.

Faol ishtirok eting, o‘z tajribangizni namoyon qiling va tyutorlik faoliyatidagi eng yaxshi namunalarni yaratishga munosib hissa qo‘shing!



Bizning sahifalarimiz:
http://www.gspi.uz
Telegram         Instagram*
Youtube           Facebook*
4
1 729
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
GulDPI. uz | Rasmiy
Переслано от Yoshlar.edu.uz
вчера, 11:45
“Dolzarb 90 kun” viktorinasi test ishlash jarayoniga start berildi.

Testni ishlash uchun botga rasmdagidek /start bosib, keyin “Testlarni ishlash” tugmachasini bosasiz va testlar boshlanadi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max;
🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google;
🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3;
🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin.

Batafsil ma’lumot olish
Viktorinada ishtirok etish

🔹Bugungi testlarni ishlash soat 21:00 da yakunlanadi. Ertaga ham 50 ta test ishlash kerak bo‘ladi. Agar referal yetarli emas deb chiqsa, bugun ham referal yig‘ish mumkin.
🔹Bugun va ertangi jami 100 ta testdan kamida 44 ball yig‘gan ishtirokchilar QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!
1 585
avatar
GulDPI. uz | Rasmiy
Переслано от Yoshlar.edu.uz
вчера, 09:45
#Eʼlon #Tanlov

Ijodiy ishlar tanloviga qabul muddati uzaytirildi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida e’lon qilingan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika tanlovi uchun ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 20-avgustgacha uzaytirildi.

Eslatib otamiz, tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi:
Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim.
📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi.

📋 Tanlov nizomi

📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin.

🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m;
🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan;
🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan;
🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan.

Bizni kuzating:

emojiInstagram* | YouTube | emojiTelegram
2
3 659
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
GulDPI. uz | Rasmiy
@gulDPIuz
вчера, 09:44
#TUGILGAN_KUN

Hurmatli Tashbayev O‘ktamjon Abdiraimovich!

Sizni tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etamiz!

Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt tilaymiz. Mas’uliyatli va sharafli mehnatingizda doimo muvaffaqiyat va yuksak natijalar hamrohingiz bo‘lsin.

Institutimiz faoliyatidagi mas’uliyatli mehnatingiz, halolligingiz va professional yondashuvingiz uchun minnatdorlik bildiramiz.

Har bir kuningiz quvonchli voqealarga, hayotingiz esa go‘zal va baxtli lahzalarga boy bo‘lsin. Xonadoningiz fayzu barakaga to‘lsin, barcha ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqsin!

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi


Bizning sahifalarimiz:
http://www.gspi.uz
Telegram         Instagram*
Youtube           Facebook*
👍 3
❤‍🔥 2
2
🔥 1
🎉 1
6 696
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
GulDPI. uz | Rasmiy
@gulDPIuz
вчера, 09:44
#TUGILGAN_KUN

Hurmatli Bahramov Jaloliddin Xudoyqul o‘g‘li!

Sizni tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etamiz!

Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt tilaymiz. Mas’uliyatli va sharafli mehnatingizda doimo muvaffaqiyat va yuksak natijalar hamrohingiz bo‘lsin.

Institutimiz faoliyatidagi mas’uliyatli mehnatingiz, halolligingiz va professional yondashuvingiz uchun minnatdorlik bildiramiz.

Har bir kuningiz quvonchli voqealarga, hayotingiz esa go‘zal va baxtli lahzalarga boy bo‘lsin. Xonadoningiz fayzu barakaga to‘lsin, barcha ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqsin!

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi


Bizning sahifalarimiz:
http://www.gspi.uz
Telegram         Instagram*
Youtube           Facebook*
👍 5
🎉 4
3 613
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
GulDPI. uz | Rasmiy
@gulDPIuz
вчера, 09:44
#35ming_tashabbus

O‘Z TASHABBUSINGIZ BILAN JAMIYAT RIVOJIGA HISSA QO‘SHING!

Sizda jamiyat uchun foydali bo‘ladigan g‘oya bormi?

Unda uni o‘zingizda saqlab o‘tirmang! Bugun ko‘plab talabalar o‘z tashabbuslarini ilgari surib, foydali o‘zgarishlarga hissa qo‘shmoqda.

Sizning tashabbusingiz ham kim uchundir imkoniyat, jamiyat uchun esa muhim o‘zgarishning boshlanishi bo‘lishi mumkin.

Tashabbusingizni namoyon qiling.
Jamiyatga foydali ishni boshlang.
Imkoniyatdan foydalaning va sertifikatni qo‘lga kiriting!

tashabbus.yito.uz

Kutib o‘tirmang — yaxshi g‘oya harakat bilan qadrlanadi!

tashabbus.yito.uz saytiga kiring va o‘z tashabbusingizni taqdim eting.

Sizning g‘oyangiz — jamiyat uchun foydali o‘zgarishning boshlanishi bo‘lishi mumkin!



Bizning sahifalarimiz:
http://www.gspi.uz
Telegram         Instagram*
Youtube           Facebook*
❤‍🔥 3
1 707
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

GulDPI. uz | Rasmiy

4.1K
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.
Открыть в Telegram