UMUMMILLIY ISH BERUVCHILAR SO‘ROVNOMASI DOIRASIDA GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–76-son Farmoniga muvofiq, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan respublika miqyosida
Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur so‘rovnoma doirasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan Guliston davlat pedagogika institutida o‘rganish ishlari olib borildi.
So‘rovnomaning asosiy maqsadi — oliy ta’lim tashkilotlari va texnikumlar bitiruvchilarining bilim, amaliy ko‘nikma va kompetensiyalarini ish beruvchilar fikri asosida baholash hamda ularning tayyorgarligi zamonaviy mehnat bozori talablariga qay darajada mos kelayotganini aniqlash.
O‘rganish doirasida bitiruvchilarning:
🔹 kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalari;
🔹 nazariy bilimlarni real ish vazifalarini hal etishda qo‘llay olishi;
🔹 kasbiy ma’lumotlar bilan ishlashi;
🔹 hamkasblar, rahbarlar va mijozlar bilan muloqot va hamkorlik qilishi;
🔹 kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasi hamda egallab turgan lavozimi talablariga muvofiqligi kabi jihatlar baholanishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, ish beruvchilarning kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflari hamda mehnat bozorining yaqin 3–5 yildagi ehtiyojlari o‘rganiladi.
So‘rovnoma natijalari oliy ta’lim tashkilotlari va texnikumlarning Milliy reytingida muhim indikatorlardan biri sifatida xizmat qiladi.
Bizning sahifalarimiz:
http://www.gspi.uz
Telegram Instagram*
Youtube Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram