avatar
GulDPI. uz | Rasmiy
@gulDPIuz
вчера, 12:11


“ENG YAXSHI TYUTOR” TANLOVIGA START BERILADI!

Guliston davlat pedagogika institutida faoliyat yuritayotgan tyutorlarning kasbiy mahorati, tashabbuskorligi, ijodkorligi, kitobxonlik madaniyati hamda targ‘ibotchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish maqsadida “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.

TANLOV QUYIDAGI NOMINATSIYALAR BO‘YICHA O‘TKAZILADI:

“Eng faol targ‘ibotchi tyutor”
“Eng faol kitobxon tyutor”
“Eng faol tashabbuskor tyutor”

TANLOV IKKI BOSQICHDA O‘TKAZILADI:

I bosqich — fakultet bosqichi
Oktabr oyining ikkinchi o‘n kunligida.

II bosqich — oliy ta’lim tashkiloti bosqichi
Noyabr oyining uchinchi o‘n kunligida.

Tanlovda ishtirok etuvchi tyutorlar tomonidan professional portfolio, nominatsiyaga oid hujjatlar, foto va video materiallar, sertifikatlar hamda erishilgan yutuqlarni tasdiqlovchi boshqa materiallar taqdim etiladi.


TANLOV G‘OLIBLARI belgilangan tartibda diplom, esdalik sovg‘alari hamda rag‘batlantirishlar bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etgan barcha tyutorlarga sertifikatlar topshiriladi.

Faol ishtirok eting, o‘z tajribangizni namoyon qiling va tyutorlik faoliyatidagi eng yaxshi namunalarni yaratishga munosib hissa qo‘shing!



Bizning sahifalarimiz:
http://www.gspi.uz
Telegram         Instagram*
Youtube           Facebook*
4
1 729
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

GulDPI. uz | Rasmiy

4.1K
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.
Открыть в Telegram