avatar
FTTI.UZ
Переслано от Sog‘liqni saqlash vazirligi
02.08.2026 13:37
 

Ikki yilda 250 ga yaqin jigar ko’chirib o’tkazish operatsiyasini muvaffaqiyatli bajargan Milliy tibbiyot markazi transplantologi Jasur Sobirov haqida SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan mediakontent qator internet resurslarida keng yoritildi.

Quyida yangicha rakurs va o‘zgacha uslubdagi ushbu videolavha e'lon qilingan ba'zi manbalar havolalarini taqdim etamiz:

Kun uz@kunuzofficial172290
Xushnudbek uz @xushnudbek33069
RASMIY XABARLAR@rasmiyxabar241357
GENERALISSIMUS@u_generalissimus25239
MANIFEST@manifestcanal4737
Shokirjonov news
@shokirjonov10728
ХАЛҚ НАЗОРАТИ@XalqNazorati20870
Долзарб хабарлар @dolzarb_xabarlar1221928
Kun Yangiliklari 24@kun_xabarlari_yangiliklari2344
UzbekTV@uzbektv_yangiliklar26277.


 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
1 278
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
FTTI.UZ
@fttiuz
02.08.2026 03:16
KUN HIKMATI

Bir tayoqni sindirish mumkin, ko‘p tayoqni bukolmaysan ham.

AMIR TEMUR

Yangi kun muborak!

kanalga ulanish👇
1
4 530
avatar
FTTI.UZ
@fttiuz
01.08.2026 06:32
Talabamiz Mohinur Sattorova bilan tanishing! 👩‍🔬

Mohinur Sattorova bugungi kunda Farmatsiya innovatsiya markazida faoliyat yuritmoqda. Nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, o‘z kasbiy mahoratini muntazam rivojlantirmoqda.

Siz ham farmatsiya sohasida muvaffaqiyatli karyera qurishni istaysizmi? Unda bizning institutimizga qo‘shiling!

📩 Qabul davom etmoqda.
👍 4
💊 1
7 565
avatar
FTTI.UZ
@fttiuz
01.08.2026 03:23
KUN HIKMATI

Me’yori bilan yegin, nizomi bilan gapirgin.

Abu Mansur Moturidiy


kanalga ulanish👇
ftti.uz
1
2 691
avatar
FTTI.UZ
Переслано от Sog‘liqni saqlash vazirligi
31.07.2026 15:26


Ertaga Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligi boshlanadi

2018-yilda Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi ushbu haftalikni sog‘liqni saqlash sohasini targ‘ib qilishning muhim chorasi sifatida tashkil etishni qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiya qabul qilgan.


Shundan beri har yili avgust oyining birinchi haftasida yurtimizda ham ona suti bilan oziqlantirish uchun qo‘llab-quvvatlovchi muhitni yaratish, jumladan, emizishning ona va bola uchun foydali tomonlari haqida aholiga ma’lumot berish maqsadida turli tadbirlar o‘tkaziladi.

"O‘zbekiston — 2030" strategiyasiga asosan mamlakatimizda 2030-yilgacha 6 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarni istisnosiz ona suti bilan oziqlantirish darajasini 80 foizga yetkazish maqsad qilingan.

2019-yil 23-oktyabrda “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.

Unga muvofiq, mamlakatimizda ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish taqiqlangan. Chunki bunday sun’iy mahsulotlar bola o‘sishining sekinlashishi va organizmida mikroelementlar yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.

O‘tgan yili esa Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash dasturi tasdiqlandi.

Emizish bolalar salomatligini yaxshilashning eng samarali usullaridan biridir, ammo hozirda jahonda olti oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarning yarmidan kamrog‘igina faqat ona suti bilan oziqlantiriladi.

Shu sababli yurtimizda go‘daklarni ko‘krak suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chaqaloq uchun tarkibida yuzdan ziyod shifobaxsh mikroelementlar jamlangan, immunoglobulinga boy ona sutidan ham ko‘ra mukammalroq ozuqa yo‘q. Shu bois u go‘dakni turli infeksiyalardan himoyalaydi, immunitetini mustahkamlaydi.

Ona suti — bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishini ta’minlashda eng asosiy elementlardan biri. Qolaversa, uning onalar salomatligini yaxshilashdagi ahamiyati katta.

  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
523
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
FTTI.UZ
Переслано от канала
31.07.2026 13:19
Ўзбекистон–Қирғизистон бизнес-форумида фармацевтика соҳасидаги ҳамкорлик истиқболлари муҳокама қилинди

Бишкек шаҳрида Ўзбекистон–Қирғизистон бизнес-форуми бўлиб ўтди. Унда икки мамлакатнинг давлат идоралари ва бизнес доиралари вакиллари иштирок этиб, савдо-иқтисодий алоқаларни кенгайтириш, саноат кооперациясини ривожлантириш ҳамда қўшма инвестиция лойиҳаларини амалга ошириш масалаларини муҳокама қилдилар.

Форум доирасида ташкил этилган «Соғлиқни сақлаш ва фармацевтика» панель сессиясида Тиббиёт ва фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги мутахассиси тақдимот билан иштирок этди.

Тақдимотда мамлакатимиз фармацевтика соҳасида амалга оширилаётган инвестиция лойиҳалари, инвесторлар учун яратилган қулай ишбилармонлик муҳити, давлат томонидан тақдим этилаётган қўллаб-қувватлаш чоралари, эркин иқтисодий зоналар имкониятлари ҳамда тармоқни ривожлантиришга қаратилган кенг кўламли ислоҳотлар ҳақида маълумот берилди.

Шунингдек, панель муҳокамаларида фармацевтика маҳсулотлари ишлаб чиқариш, технологиялар трансфери, қўшма лойиҳаларни амалга ошириш ва икки мамлакат ўртасидаги ҳамкорликни янада кенгайтириш истиқболлари юзасидан фикр алмашилди.

Website | Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube | linkedin
423
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
FTTI.UZ
Переслано от канала
31.07.2026 09:09
Олимлар хавотирда: илғор сунъий интеллект моделларининг ривожланишини секинлаштириш сўралмоқда

📝 OpenAI, Anthropic, Google ва Meta каби ўнлаб сунъий интеллект лабораториялари ходимлари АҚШ ҳукуматига мурожаат қилиб, илғор СИ (Frontier AI) ривожланишини секинлаштириш — ёки глобал даражада мувофиқлаштирилган бошқарув жорий этишни сўради.

🤖 Ушбу чақириқлар, ўтган ҳафтада Open AI'нинг ҳали оммага тақдим этилмаган модели — чекланган муҳитидан чиқиб кетиб, рақобатчисининг лабораториясига ҳакерлик йўли билан бузиб киргач пайдо бўлди.

👉 https://kun.uz/kr/22569077

Kun.uz расмий канали
404
avatar
FTTI.UZ
@fttiuz
31.07.2026 06:02
Bitiruvchilarimiz bugun respublikamizning nufuzli dorixona tarmoqlari, farmatsevtika korxonalari, laboratoriyalar hamda tibbiyot muassasalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Siz ham kelajagingizni farmatsevtika sohasida qurmoqchimisiz?

📚 Qabul davom etmoqda!
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida o’z kelajagingiz sari ilk qadamni bugundan boshlang.

📞 Hoziroq murojaat qiling va talabalik sari ilk qadamingizni qo‘ying!

+998 71 202-05-50

📄 Litsenziya
👉 Hujjat topshirish
📍Lokatsiya

TA’LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA  YETAKLAYDI!

Sayt | Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTubep
👍 3
1
13 649
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

FTTI.UZ

1.7K
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Фармацевтический институт образования и исследований

Tel: +998971890050
Email: iper@ftti.uz
@fttiuz
Yunusobod tumani, 19- mavze, 46- uy. Mo'ljal Uz Mal-oil yoqilgʼi quyish shaxobchasi, Korzinka supermarketi.
Открыть в Telegram