avatar
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI QO'MITASI
@food_safety_uzb
11.08.2026 10:41
Milliy laboratoriya tizimida muhim yutuq: «Agrokimyo va tuproq tahlili markazi» xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasining "Agrokimyo va tuproq tahlili markazi" faoliyatida navbatdagi muvaffaqiyat qo‘lga kiritildi. Markaz laboratoriya sinovlarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlovchi ISO/IEC 17025 xalqaro standarti bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan holda, endilikda sifat, ekologiya va mehnat xavfsizligi sohalaridagi xalqaro menejment tizimlari sertifikatlarini ham qo‘lga kiritdi.

Xususan, xalqaro sertifikatlashtirish organi tomonidan markazga quyidagi standartlar bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari taqdim etildi:
ISO 9001:2015 — Sifat menejmenti tizimi;
🌱 ISO 14001:2015 — Ekologik menejment tizimi;
ISO 45001:2018 — Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni boshqarish tizimi.

Ma’lumot uchun, ISO/IEC 17025 standarti texnik kompetentlik va sinov natijalarining ishonchliligini tasdiqlaydi. Yangi qo‘lga kiritilgan ISO sertifikatlari esa tashkilotning boshqaruv jarayonlari xalqaro talablar asosida yo‘lga qo‘yilganini, sifat nazorati, ekologik mas’uliyat va xodimlar xavfsizligi tizimli ravishda ta’minlanayotganini ko‘rsatadi.

ISO 9001:2015 — sifat menejmenti tizimi standarti. U tashkilotda barcha jarayonlar aniq tartibga solingani, xizmatlar sifati muntazam nazorat qilinishi va mijozlar ishonchini oshirishga qaratilgan boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilganini tasdiqlaydi. Markazning tuproq tahlillari, o‘g‘itlar sifat nazorati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida pestitsid qoldiqlari, nitratlar va og‘ir metallar bo‘yicha laboratoriya sinovlari xalqaro talablarga mos boshqarilayotganini ko‘rsatadi.
 
ISO 14001:2015 — ekologik menejment tizimi standarti bo'lib, tashkilotning atrof-muhitga ta’sirini nazorat qilish, resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish bo‘yicha samarali tizimga ega ekanini tasdiqlaydi.

ISO 45001 standarti xodimlar salomatligi va mehnat xavfsizligini ta’minlash, ish joyidagi ehtimoliy xavflarni barvaqt aniqlash va oldini olish choralari ko‘rilganining tasdig‘idir.

Xalqaro standartlar asosida faoliyat yurituvchi laboratoriyalar tomonidan berilgan tahlil natijalari mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar uchun qo‘shimcha ishonch omili hisoblanadi. Bu esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining oziq-ovqat xavfsizligi talablari asosida tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur sertifikatlar laboratoriya faoliyatining xalqaro talablarga mosligini tasdiqlab, mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik barqarorlik va agrar sohada sifat infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida muhim ahamiyatga ega.

Telegram Facebook*
emoji Instagram* Youtube
Twitter
13 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI QO'MITASI

3.4K
O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasining rasmiy kanali
Открыть в Telegram