avatar
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI QO'MITASI
@food_safety_uzb
11.08.2026 07:50
O‘zbekistondan Germaniyaga meva-sabzavot mahsulotlari eksporti:

2026-yil I yarim yillik yakunlari


2026-yil I yarim yilligida O‘zbekistondan Germaniyaga 2 531 tonna, 7,1 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi. Eksport hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 1 112 tonnaga, eksport qiymati esa 3, 255 ming AQSH dollariga oshdi. Qiymat jihatidan eksport qariyb 2 baravar ko‘paydi.
Ma’lumot uchun: 2025-yilda Germaniya davlatiga meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti 14,8 mln AQSH dollarini (2024-yilga nisbatan +7,339 ming dollar) tashkil etgan.


Eksportda 32 ta korxona ishtirok etib, Germaniyaga 19 turdagi mahsulot yetkazib berildi. Eksportning asosiy qismini mayiz (1 029 ming tonna, 2 555 ming dollar) tashkil etib, uning jami eksport qiymatidagi ulushi qariyb 2,6 foizga foizga teng bo‘ldi.

Shu bilan birga, quyidagi mahsulotlar eksporti amalga oshirildi:

quritilgan o'rik - 542 tonna, 2 174 ming AQSh dollari;
quritilgan ko'katlar - 303 tonna, 1 227 ming AQSh dollari;
qovun - 266 tonna, 306 ming AQSh dollari;
bodom - 33 tonna, 182 ming AQSh dollari;
shuningdek, quritilgan jiyda, namatak, qovun, olxo'ri, sabzi, finik, qalampir, olcha va mevalar aralashmasi; mosh, loviya, no'xat, grek yong'og'i, yeryong'oq, murch.


emojiGermaniya bozorida mayiz, quritilgan o‘rik, yong‘oq mag‘zi va xandon pista mahsulotlariga barqaror import talabi mavjud. Organik sertifikat, izchillik bilan ta’minlash, laboratoriya nazorati va qayta ishlanadigan qadoqlardan foydalanish mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshiradi.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo’mitasi eksportga ko’maklashishga tayyor!

Murojaat, savol va takliflar uchun:
+998 71 202 92 92 (ichki raqam: 1010)

Telegram Facebook*
emoji Instagram* Youtube
Twitter
8 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI QO'MITASI

3.4K
O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasining rasmiy kanali
Открыть в Telegram