OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI QO'MITASI
@food_safety_uzb
Qo‘shko‘pir tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi Azizbek Urunov sanoat, oziq-ovqat, charm-poyabzal va trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda 20 nafardan ortiq tadbirkor o‘z faoliyati davomida duch kelayotgan tizimli muammolar, mavjud to‘siqlar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarini bildirdi.
To‘qimachilik korxonalari vakillari ishlab chiqarish hajmini oshirishda muhim omil bo‘lgan aylanma mablag‘ yetishmasligi, shuningdek, xorijiy bozorlarda ishonchli hamkorlarni topish va eksport geografiyasini kengaytirishda amaliy ko‘mak zarurligini ta’kidladilar. Bu borada ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan hamkorlikda ko‘maklashishga kelishib olindi.
Trikotaj mahsulotlarini MDH davlatlariga eksport qilishda esa import qiluvchi tomon talab qiladigan muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish jarayonining uzoq davom etayotgani masalasi ko‘tarildi. Tadbirkorlar ushbu jarayonni soddalashtirish va muddatlarni qisqartirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishda yordam so‘radilar.
Veterinariya sohasidagi masalalar ham e’tibordan chetda qolmadi. Hayvonlar uchun dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxona vakili mahsulotlarni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq masalani ko‘tardi. Ushbu murojaat ochiq muloqotning o‘zida ko‘rib chiqilib, masalani hal etish bo‘yicha amaliy chora belgilandi.
Sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ham o‘z takliflarini bildirdi. Ishlab chiqaruvchilar quvvatlarni kengaytirish maqsadida yangi loyihalarni amalga oshirish borasida amaliy ko‘mak so‘radi. Bu yo‘nalishda hududiy ham o‘rganishlar olib borilib, oziq-ovqat xavfsiziligi tizimiga oid standartlarni joriy etish, eksportbop mahsulotlarni tayyorlash borasida yordam ko‘rsatilishi belgilandi.
Ochiq muloqotda bildirilgan har bir murojaat va taklif mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar va takliflar ishlab chiqildi.
Bunday ochiq muloqotlarning asosiy maqsadi — muammoni o‘ranish, uning sababini aniqlash, mas’ullarni belgilash va aniq yechimga yo‘naltirishdan iborat.
Telegram Facebook*
Instagram* Youtube
Twitter
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi Azizbek Urunov sanoat, oziq-ovqat, charm-poyabzal va trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda 20 nafardan ortiq tadbirkor o‘z faoliyati davomida duch kelayotgan tizimli muammolar, mavjud to‘siqlar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarini bildirdi.
To‘qimachilik korxonalari vakillari ishlab chiqarish hajmini oshirishda muhim omil bo‘lgan aylanma mablag‘ yetishmasligi, shuningdek, xorijiy bozorlarda ishonchli hamkorlarni topish va eksport geografiyasini kengaytirishda amaliy ko‘mak zarurligini ta’kidladilar. Bu borada ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan hamkorlikda ko‘maklashishga kelishib olindi.
Trikotaj mahsulotlarini MDH davlatlariga eksport qilishda esa import qiluvchi tomon talab qiladigan muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish jarayonining uzoq davom etayotgani masalasi ko‘tarildi. Tadbirkorlar ushbu jarayonni soddalashtirish va muddatlarni qisqartirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishda yordam so‘radilar. Veterinariya sohasidagi masalalar ham e’tibordan chetda qolmadi. Hayvonlar uchun dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxona vakili mahsulotlarni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq masalani ko‘tardi. Ushbu murojaat ochiq muloqotning o‘zida ko‘rib chiqilib, masalani hal etish bo‘yicha amaliy chora belgilandi.
Sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ham o‘z takliflarini bildirdi. Ishlab chiqaruvchilar quvvatlarni kengaytirish maqsadida yangi loyihalarni amalga oshirish borasida amaliy ko‘mak so‘radi. Bu yo‘nalishda hududiy ham o‘rganishlar olib borilib, oziq-ovqat xavfsiziligi tizimiga oid standartlarni joriy etish, eksportbop mahsulotlarni tayyorlash borasida yordam ko‘rsatilishi belgilandi.
Ochiq muloqotda bildirilgan har bir murojaat va taklif mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar va takliflar ishlab chiqildi.Bunday ochiq muloqotlarning asosiy maqsadi — muammoni o‘ranish, uning sababini aniqlash, mas’ullarni belgilash va aniq yechimga yo‘naltirishdan iborat.
Telegram Facebook*
Instagram* Youtube
18 1.8K
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram