avatar
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI QO'MITASI
@food_safety_uzb
06.08.2026 14:05
Xorijiy mamlakatlardan yirik va mayda shoxli qoramol import qilishni rejalashtirayotgan tadbirkorlar diqqatiga!

Import shartnomasini imzolashdan oldin bir nechta muhim talablarga e’tibor qaratish lozimligini eslatib o‘tamiz.

Eng asosiy talab — O‘zbekiston hududiga qoramollar faqat epizootik jihatdan xavfsiz va barqaror hududlardan olib kirilishi mumkin. Mazkur chora mamlakatimizga xavfli yuqumli hayvon kasalliklarining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, mahalliy chorvachilikni himoya qilish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Epizootik vaziyat to‘g‘risida ma’lumotni Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH)ning rasmiy WAHIS (https://wahis.woah.org/) axborot tizimi orqali olish mumkin.

Аgar O‘zbekistonga hayvonlar uchinchi davlat hududi orqali olib kelinayotgan bo‘lsa, tranzit davlati vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan tranzit ruxsatnomasi bo‘lishi shart.

Rossiyadan import:  
Qozog‘iston Respublikasi 2026-yil 14-maydan boshlab Rossiya Federatsiyasining epizootik jihatdan xavfsiz deb topilgan hududlaridan tirik hayvonlar tranzitiga ruxsat bergan. Biroq Rossiyaning ayrim subyektlariga nisbatan cheklovlar hozir ham amal qilmoqda. Shuning uchun Rossiyadan qoramol import qilishda hayvonlar kelib chiqadigan hudud Qozog‘iston tomonidan cheklov qo‘yilgan ro‘yxatga kirmasligini oldindan tekshirish tavsiya etiladi.

Qozog‘iston cheklovlari haqida ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:
https://apk-news.kz/news/item-6845

Xitoydan import:
Qirg‘iz Respublikasi orqali tranzit qilinadigan Xitoydan keladigan yirik shoxli qoramollarga nisbatan ham alohida talablar belgilangan.

Tranzitga faqat:
Ninsya-Xuey avtonom viloyatining Inchuan shahri Linu tumani;
Xebey viloyatining Sanchjou shahri Xaysin tumanida joylashgan rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan karantin maydonchalaridan jo‘natilgan hayvonlarga ruxsat beriladi.

Tavsiya
Import shartnomasini tuzish va logistika yo‘nalishini belgilashdan avval:

eksport qiluvchi mamlakatdagi epizootik vaziyatni;
tranzit davlatlarda amal qilayotgan veterinariya-sanitariya talablarini;
amal qilayotgan cheklov va ruxsatlarni e’tiborga olish tavsiya etiladi.

Bu ortiqcha xarajatlar, yukning chegarada ushlanib qolishi va import jarayonidagi xavflarning oldini olishga xizmat qiladi.

Telegram Facebook*
emoji Instagram* Youtube
️Twitter
85 5.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI QO'MITASI

3.4K
O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasining rasmiy kanali
Открыть в Telegram